“Shaldiroq”da ilg‘or tajriba

Date:

Bugungi kunda bozorlarimizni qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta’minlashda nafaqat fermer va dehqonlar, balki tomorqa egalarining ham hissasi tobora ortib bormoqda. O‘z xonadonida mehnat qilib, barqaror daromad topayotgan aholi vakillari bunga yaqqol misoldir.

Sho‘rchi tumani “Shaldiroq” mahallasida istiqomat qiluvchi Alisher Boltayev tomorqachilik va issiqxona yo‘nalishida samarali tajribaga ega. U o‘z tomorqasidagi issiqxonada limon, papaya va banan yetishtirishni yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, ko‘chatchilik bilan ham muntazam shug‘ullanib kelmoqda.

Avvallari limon ko‘chatlari hosilga kirgunga qadar bodring yetishtirilgan bo‘lsa, hozirda issiqxonada bir vaqtning o‘zida bir nechta turdagi mahsulotlar parvarishlanmoqda. Xususan, sakkiz oy avval ekilgan banan ko‘chatlari allaqachon hosilga kirgan. Shuningdek, bodom ko‘chatlari ham ekishga tayyor holatga keltirilgan.

Kelgusida Alisher Boltayev yana bir issiqxona tashkil etib, mehnati kam, hosili mo‘l bo‘lgan banan yetishtirishni kengaytirishni rejalashtirmoqda. Bu kabi tashabbuslar tomorqa haqiqatan ham barakali daromad manbai ekanini yana bir bor tasdiqlaydi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun