Tashabbusi samara bermoqda

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Denov tumanining Qo‘zichoqli mahallasida tashkil etilgan Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasidagi loyihalar bilan tanishdi. Hududda tadbirkorlarga infratuzilmaviy jihatdan qulay sharoitlar yaratilgani, yangi ish o‘rinlari ochish va mahalliy xomashyo bazasidan samarali foydalanish bo‘yicha imkoniyatlar ko‘rib chiqildi.

Tashrif chog‘ida “Sentr of future” MCHJning non mahsulotlari ishlab chiqarish, “Shuhrat Termiz” MCHJning sanitar sochiqlar tayyorlash, “Denov Agrostar” MCHJning meva-sabzavotlarni qayta ishlash loyihalari hamda ushbu korxonaning zamonaviy agrologistika markazi tashkil etish tashabbusi o‘rganildi.

Hokim tomonidan loyihalarni jadallashtirish, faoliyat samaradorligini oshirish va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kichik gimnastikachidan katta g‘alaba

Yosh avlodning sportga bo‘lgan qiziqishi va iste’dodini qo‘llab-quvvatlash borasida...

Qalbga quvonch, koʻzlarga nur bagʻishlab

Qurbon hayiti arafasida yurtimizda mehr-saxovat va insonparvarlik tamoyillari asosida...

Hayitni yangi uyda kutib olishdi

Yurtimizda inson qadri va aholi farovonligini ta’minlashga qaratilgan ezgu...

Minglab oilalarga hayitlik ulashildi

Qurbon hayiti munosabati bilan Prezidentimiz tashabbusi asosida ehtiyojmand va...
KunTun
KunTun