“Denov city”  — imkoniyatlar makoni

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Denov tumanida olib borilayotgan qurilish va infratuzilma loyihalari bilan tanishdi. Xususan, 3 500 xonadondan iborat bo‘lishi rejalashtirilgan yangi “Denov city” turar joy majmuasida poydevor quyish jarayonlari ko‘zdan kechirildi. Mutasaddilarga qurilish ishlari sifatini oshirish, loyihadan chetga chiqmaslik va barcha me’yorlarga qat’iy rioya etish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi.

Shuningdek, Bog‘i Eram mahallasida “Taraqqiyot va yetakchilik maskani” dasturi doirasidagi ishlar o‘rganildi. Aholi bilan muloqot davomida mavjud muammolar muhokama qilinib, infratuzilmani yaxshilash, aholining ehtiyojlarini manzilli hal etish hamda mahallani “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” darajasiga olib chiqish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun