Ko‘pchilik sog‘lig‘iga faqat kasallik alomatlari sezilganda, e’tibor beradi. Aslida profilaktika, ya’ni kasallikning oldini olish – davolashdan ming karra foydali.Sog‘liqni saqlash, turli xil kasalliklarning oldini olish va ish joyida xavfsizlikni ta’minlash — bularning barchasi muntazam va majburiy tibbiy nazorat bilan chambarchas bog‘liq. Shu sababli qonunchiligimizda ayrim toifadagi shaxslar uchun majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tish tartibi joriy etilgan. Xo‘sh, kimlar uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tish majburiy?
Ushbu savolga javobni Mehnat kodeksining 356-moddasidan bilib olishimiz mumkin. Voyaga yetmaganlar, ya’ni 18 yoshga to‘lmagan shaxslarga ishga kirishdan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tish majburiy hisoblanadi, chunki bu yoshdagi shaxslar organizmi to‘liq shakllanmagan bo‘ladi, shu sababli har qanday ish to‘g‘ri kelavermaydi. Tibbiy ko‘rikdan o‘tish ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazadigan og‘ir yoki xavfli mehnat turlariga jalb qilinmasligini ta’minlaydi. Bu orqali yoshlar mehnat faoliyatini sog‘lom sharoitda boshlaydi.
60 yoshga to‘lgan erkaklar, 55 yoshga to‘lgan ayollar —pensiya yoshiga yetgan yoki unga yaqin bo‘lgan shaxslar hisoblanadi. Bu yoshda inson organizimida tabiiy o‘zgarishlar, surunkali kasalliklar rivojlanish xavfi oshadi. Shu sababli davlat ularni muntazam tibbiy ko‘rikdan o‘tishini majburiy deb belgilagan. Bundan maqsad yurak qon tomir, qandli diabet, saraton kabi kasalliklarni erta aniqlash, nogironlikning oldini olish va sog‘liqni saqlashga yordam berish, ish faoliyatini davom ettirayotgan pensiya yoshidagi insonlar uchun xavfsiz mehnat sharoitini ta’minlashdan iborat.
Nogironligi bo‘lgan shaxslar ushbu toifadagi insonlar uchun majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tishga alohida e’tibor qaratadi. Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun majburiy tibbiy ko‘rik ularning holatini nazorat qilish uchun ham muhim. Sababi ularning salomatligi tez-tez o‘zgarib turadi. Shu bois ularni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish orqali sog‘lig‘idagi o‘zgarishlar erta aniqlanadi va zarur yordam ko‘rsatiladi.
Ba’zi tashkilot va idora, korxonalarda xodimlar kimyoviy moddalar, chang, shovqin, yuqori harorat yoki nurlanish kabi salbiy omillar ta’sirida ishlaydi. Tibbiy ko‘rik ularning sog‘lig‘iga bu omillar qanday ta’sir qilayotganini aniqlash, kasb kasalliklarining oldini olish imkonini beradi. Har bir kasbda o‘ziga xos xavf mavjud. Masalan, konchilar, metallurglar, kimyogarlar, haydovchilar yoki quruvchilar uchun ba’zi kasalliklar xavfi yuqori.
Ishga kirayotgan yoki ishlayotgan shaxsning sog‘ligi mehnat sharoitiga mos keladimi, kasb kasalliklariga moyilligi yo‘qmi — shular tekshiriladi. Agar sog‘ligi yomon bo‘lsa, bu nafaqat o‘ziga, balki boshqalarga ham xavf tug‘diradi.
Pedagoglar ham tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari shart. O‘qituvchi sog‘lig‘ida yuqumli kasallik yoki boshqa xavfli holatlar bo‘lsa, bu o‘quvchilarga ham yuqishi mumkin. Shuning uchun tibbiy ko‘rik orqali bunday xavflarning oldi olinadi. Qolaversa, dars berish — aqliy va ruhiy jihatdan mas’uliyatli ish. Tibbiy ko‘rik o‘qituvchining asabi, eshitish, ko‘rish, ovoz, yurak-tomir tizimi kabi muhim holatlarini tekshiradi. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni va Mehnat kodeksiga muvofiq, ta’lim muassasalarida ishlaydigan xodimlar davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tishi shart. Ta’lim sifati va xavfsiz muhitni ta’minlash uchun muhim.
Majburiy tibbiy ko‘riklarni o‘tkazish majburiyati qonunchilikka muvofiq majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan shaxslar boshqa ishga o‘tkazilgan taqdirda ham ish beruvchining zimmasiga yuklatiladi.
Xodimlar majburiy tibbiy ko‘riklardan o‘tishdan bo‘yin tovlashga haqli emas. Ish beruvchi majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan yoxud majbu-
riy tibbiy ko‘rik natijala-
riga ko‘ra tibbiy komissi-yalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarishdan bo‘yin tovlagan shaxslarni ishdan chetlashtirishi shart. Agar xodim sog‘lig‘ining yomonlashishi mehnat sharoitlari bilan bog‘liq deb hisoblasa, u navbatdan tashqari majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tishni talab qilish huquqiga ega.
Majburiy tibbiy ko‘riklarni o‘tkazish vaqtida xodimning ish joyi (lavozimi) va o‘rtacha ish haqi saqlanib qoladi.
Sardorbek MAMATQULOV,
Toshkent davlat yuridik unversiteti talabasi

