Obodonlashtirish yangi bosqichda

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida hududlarni yanada chiroyli, qulay va zamonaviy ko‘rinishga keltirishga bag‘ishlangan kengaytirilgan video selektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda viloyatning barcha tuman va mahallalarida obodonlashtirish ishlarini tizimli yo‘lga qo‘yish, ko‘cha va yo‘laklarni ta’mirlash, daraxt ekish va yashil maydonlarni kengaytirish, mahallalarni yanada ko‘rkam maskanga aylantirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

Hokim U.Qosimov aholining farovon hayoti uchun zarur sharoitlar yaratish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda jamoatchilikni obodonlashtirish jarayonlariga keng jalb etish zarurligini ta’kidladi.

Yig‘ilish yakunida tashkilot va muassasalar rahbarlari, shuningdek mahalla yettiliklariga bajarilishi lozim bo‘lgan amaliy topshiriqlar belgilab berildi. Mazkur tashabbus Surxondaryoni yanada go‘zal, zamonaviy va yashil hududga aylantirish sari muhim qadam bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ma’naviy mas’uliyat ham muhim

Hayvonlarga nisbatan mehr-shafqatli munosabatda bo‘lish insonparvar jamiyatning muhim mezonlaridan...

Oʻzaro kuch sinashdi

Yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning jismoniy salohiyatini yuksaltirish...

Oltinsoy uzumi eksport yo‘lida…

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish nafaqat hudud iqtisodiyotini rivojlantiradi,...

Bilimlar yanada mustahkamlanadi

Ta'lim sifati faqat nazariy bilim bilan emas, balki zamonaviy...
KunTun
KunTun