Bilimlar yanada mustahkamlanadi

Date:

Ta’lim sifati faqat nazariy bilim bilan emas, balki zamonaviy jihozlar va amaliy mashg‘ulotlar uchun yaratilgan sharoit bilan ham belgilanadi. O‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashda maxsus xonalar hamda ulardagi zarur vositalar muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu maqsadda Oltinsoy tumanidagi 71 ta umumta’lim maktabining CHYOT xonalari uchun 17 turdagi zamonaviy jihozlar topshirildi. Mazkur jihozlar xonalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, mashg‘ulotlarni samarali tashkil etish va o‘quvchilarga yanada sifatli ta’lim berish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Bu kabi amaliy qo‘llab-quvvatlash ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish, yoshlarning bilimini mustahkamlash va ularni hayotiy ko‘nikmalarga ega etishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Talabalar yengil atletika bahslarida kuch sinashdi

Termiz davlat universiteti sport maydonida oliy ta’lim muassasalari talabalari...

Angorda yer usti yo‘lagi qurilmoqda

Angor tumani Yangi turmush mahallasidan o‘tuvchi Abu Iso at-Termiziy...

“Yashil belbog‘” barpo etilmoqda

Angor tumani Ilg‘or mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida...

Ishlar qanday ketmoqda?

Qumqo‘rg‘on tumanida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida 11...
KunTun
KunTun