Imtihonda imtiyozi bor

Date:

Ta’limda teng imkoniyatlarni ta’minlash, alohida ta’lim ehtiyojiga ega bolalar va nogironligi bo‘lgan yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Shu maqsadda inklyuziv ta’limni rivojlantirishga qaratilgan yangi chora-tadbirlar bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

Yangi tartibga ko‘ra, nogironligi bo‘lgan abituriyentlarga oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan 50 foiz qo‘shimcha vaqt beriladi. Shuningdek, ular uchun imtihon materiallaridan Brayl alifbosi, audio va elektron formatlarda foydalanish imkoniyati yaratiladi.

Bundan tashqari, korreksion sinflar tashkil etgan nodavlat maktablarga har bir o‘quvchi uchun davlat subsidiyasi ajratiladi hamda alohida ta’lim ehtiyojiga ega bolalarni qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimi joriy etiladi.

Mazkur o‘zgarishlar 2026–2027-yillardan boshlab bosqichma-bosqich amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, ular inklyuziv ta’lim sifatini oshirish va barcha bolalar uchun teng ta’lim imkoniyatlarini yaratishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Talabalar yengil atletika bahslarida kuch sinashdi

Termiz davlat universiteti sport maydonida oliy ta’lim muassasalari talabalari...

Angorda yer usti yo‘lagi qurilmoqda

Angor tumani Yangi turmush mahallasidan o‘tuvchi Abu Iso at-Termiziy...

“Yashil belbog‘” barpo etilmoqda

Angor tumani Ilg‘or mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida...

Ishlar qanday ketmoqda?

Qumqo‘rg‘on tumanida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida 11...
KunTun
KunTun