Ayrim talabalarga maxsus stipendiya toʻlanadi

Date:

Prezidentga kambagʻal oilalarni qoʻllab-quvvatlash, nogironligi boʻlgan shaxslarning bandligini taʼminlash, ijtimoiy xizmatlar qamrovi va turlarini kengaytirish chora-tadbirlari boʻyicha axborot berildi. Xabarga koʻra, kambagʻal oilalarni ularning ijtimoiy-iqtisodiy holatiga qarab, uch toifada qoʻllab-quvvatlash taklif qilingan.
Bunday oilalarga 100 dan ortiq turdagi ijtimoiy xizmat, yordam va imtiyozlar taqdim etiladi.
Kambagʻal oila farzandlarining taʼlim olishi uchun ham bir qator moliyaviy qoʻllab-quvvatlash choralari koʻriladi. Jumladan, bunday oiladan chiqqan bolalar maktabdagi uzaytirilgan kun guruhlari uchun toʻlovdan ozod qilinadi. Aʼlo bahoga oʻqiganlari esa oromgohlarda bepul dam olishi mumkin boʻladi.
Kambagʻal oiladan chiqqan aʼlochi talaba-qizlarga boʻlsa bazaviy stipendiyaning 2 baravari miqdorida maxsus stipendiya toʻlanadi.

Nogironligi bor insonlarni ishga olgan yengil sanoat korxonalariga soliq imtiyozlari berish, bunday xodimlar uchun ijtimoiy soliq stavkasini pasaytirish, tadbirkorlarga Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi hisobidan 500 million soʻmgacha subsidiya ajratish kabi ragʻbatlar koʻzda tutilmoqda.

Shuningdek, elektron savdo maydonchasi orqali nogironligi bor shaxslarga tegishli tovar va xizmatlarni xarid qilish miqdori oshiriladi. Ularga kasb-hunar oʻrgatish uchun texnikumlarda inklyuziv taʼlim guruhlari tashkil etiladi.

Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmatlar qamrovi va turlarini kengaytirish maqsadida “Faol hayotga qadam” dasturi joriy etiladi. Bunday insonlarga kunduzgi qatnov asosida yoki uyda qarab turish, maishiy yumushlarda koʻmaklashish, yoʻqotilgan harakat faolligini qayta tiklash, kasalliklarning oldini olish kabi tibbiy-ijtimoiy xizmatlar yoʻlga qoʻyiladi.
Davlati rahbari takliflarni maʼqullab, ularni tizimli yoʻlga qoʻyish va bajarilishini nazorat qilish boʻyicha koʻrsatmalar bergan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Harbiy xizmatni o‘tagan bo‘lsa…

Muddatli harbiy xizmatni o‘tab qaytgan yigitlar uchun ta’lim olish...

Mahallalar “Taraqqiyot va yetakchilik maskani”ga aylantiriladi

"Taraqqiyot va yetakchilik maskani" dasturi doirasida mahallalar infratuzilmasini yaxshilash,...

Denovdagi harbiy qismda…

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda...

Migratsiya: huquq va manfaatlar ta’minlanadi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahrida Tashqi mehnat...
KunTun
KunTun