“SHE’RIYATI ZAVOL BILMAS”

Date:

O‘zbek adabiyotida o‘chmas izini qoldirgan O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludiga ham mana 71 yil to‘ldi. Shu o‘tgan davr mobaynida hayot bo‘lmasa-da, qanchadan qancha o‘zbek o‘g‘il-qizlarini ijod yo‘lidan ergashtirib kelayotgan shoirni qancha eslasak, qancha e’zozlasak kam.
Shoirning o‘lmas satrlari, qo‘shiqqa aylanib qalblarga kirgan she’rlari, uning boladek beg‘ubor qalbidan yangragan ovozi va dunyolarga sig‘may qog‘ozlardan joy olgan ijod mahsullarini hech bir o‘zbek unutmaydi.
Muhammad Yusuf oʻzbek xalqining eng sevgan va ardoqlagan shoirlaridan biridir. Shoir qisqa umr koʻrgan boʻlsa-da, oʻzidan yaxshi nom, betakror izlar, yuksak ijodiy meroslar qoldirib ketdi. Sevimli shoirimizning jondan sevgan Vatanini, xalqini, sevgi-sadoqatni, mehr-sadoqatni tarannum etuvchi sheʼr va gʻazallari sheʼriyat ixlosmandlari tomonidan sevib oʻqilmoqda.
Mamlakatimiz boʻylab shoir tavalludiga bagʻishlab maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazilmoqda. Xususan, ana shunday tadbirlardan biri Muzrabot tumanidagi 46-umumta’lim maktabida ham “Muhammad Yusuf tavalludining 71 yilligi munosabati bilan “SHE’RIYATI ZAVOL BILMAS SHOIR” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Kecha davomida o‘quvchilar ijrosida sahna ko‘rinishlari, musiqiy chiqishlar va she’rlarga ishlangan teatrlashtirilgan sahnalar namoyish etildi. Shoirning she’rlariga bastalangan kuy-qo‘shiqlar esa tadbirga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.
Bunday ma’naviy tadbirlar o‘quvchilar qalbida milliy g‘urur, Vatanga sadoqat va ijodkorlarga hurmat tuyg‘usini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Muhammad Yusuf she’riyati esa bunday tadbirlar orqali doimo yuraklarda yashaydi.

Nodira XURSANOVA,
o‘qituvchi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

BEPUL DORI-DARMON VA TIBBIY XIZMAT SIFATI NAZORATDA

Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va ehtiyojmand fuqarolarni bepul...

PEDAGOGLAR FARZANDLARIGA KONTRAKT UCHUN 30 FOIZ CHEGIRMA

Pedagoglarning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishini kuchaytirish maqsadida ularning farzandlari uchun oliy...

ZO‘RAVONLIK UCHUN JAVOBGARLIK KUCHAYTIRILDI

Voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ta’lim muhitida...

Hayot uchun joy ajrating!

Termiz shahridagi “Amudaryo” oromgohi va “Guliston” MFY hududida “World...
KunTun
KunTun