Sektor rahbari muhtoj oilaga bayramona tuhfa ulashdi

Date:

Viloyat IIB boshlig‘i polkovnik Abduvohid Ismoilov Termiz tumani 3-sektor hududiga qarashli “Xalqobod” mahallasida yashovchi Feruza Jumanazarovaning xonadoniga tashrif buyurib, yangi yil sovg‘alarini ulashdi.

  • Har bayramda viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i xonadonimizga kelib, holimizdan, kam-u ko‘stimizdan xabar oladi, – deydi Feruza Jumanazarova. – Bu yil ham Yangi yil bayramiga Prezidentimiz tomonidan berilgan 800 000 so‘m hamda o‘zining hisobidan 2 000 000 so‘m pul, ro‘zg‘orimizga esa oziq-ovqat mahsulotlari bilan birga farzandlarimga Yangi yil sovg‘alarini tortiq qildilar. Bundan tashqari, turmush o‘rtog‘im va katta qizimni ishga joylashishida ham ko‘mak berildi. O‘g‘limga issiqxona qurib berildi, oilamizni “Temir daftar” ro‘yxatiga kiritib, doimiy yordam va e’tiborlarini ayamasdan kelayapti. Bundan juda xursandman.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Raqiblaridan ustun keldi

Toshkent shahrida muaytay sport turi bo‘yicha U-23 yosh toifasi...

Maktablar qishga shaymi?

Qiziriq tumanidagi umumta’lim maktablarida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, o‘quvchilar...

Surxondaryo tajribasi Qoraqalpog‘istonda

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Taxiatosh tumanida Surxondaryo viloyati tajribasi asosida bir...

Innovatsion loyihalar saralandi

Termiz yoshlar texnoparkida “O‘zgarayotgan dunyo uchun ilg‘or innovatsiyalar” shiori...
KunTun
KunTun