Qarz emas, tirgak aslida

Date:

“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi hayotga tatbiq etilib, imkoniyati cheklangan, kambag‘al darajada yashayotgan aholiga amaliy yordamlar berilayotgani va bu islohot o‘zini oqlayotganini baralla ayta olamiz. Yil  boshidan ushbu islohotlarni ijzil rivojlantirishga muhim qadam qo‘yilayotgani esa kishini quvontiradi.

Barchamizga ma’lumki, har yil boshida yoinki har oyning 1-sanasidan qaysidir sohada, qaysidir yo‘nalishda yangilik va o‘zgarishlar belgilanadi. 2025-yilning 1-yanvaridan ham bir qator imtiyoz va imkoniyatlar ishga tushishi haqidagi xabar ko‘pchilikni quvontirgani shubhasiz. Ayniqsa, kambag‘al oilalar va ularning farzandlari uchun belgilangan imtiyoz va yangicha imkoniyatlar ularni nafaqat quvontiradi, balki, hayotini farovon etib, o‘zining o‘rnini topishida qo‘l kelsa, ajab emas. Joriy yilning 1-yanvaridan kambag‘al oilalar farzandlari davlat bog‘chalariga imtiyozli asosda qabul qilinadi. Shuningdek, 2025-2026-o‘quv yilidan kambag‘al oilalar farzandlarining davlat OTM talabalar turar joylaridagi yashash xarajatlari davlat byudjeti hisobidan qoplab berilishi belgilandi. Qolaversa, shu yildan “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan kambag‘al oilalarning farzandlari uchun alohida kvotalar ajratilishi ham maqsadga muvofiqdi.

Bundan tashqari, AT “Xalq banki”, “Mikrokreditbank” ATB biriktirilgan rahbarlarning xulosasi asosida, kambag‘al oilalarga noutbuk sotib olish uchun 5 yil muddatga 2 yil imtiyozli davr bilan hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun qiymati 30 million so‘mgacha bo‘lgan kichik ishlab chiqarish uskunalari, ko‘chma do‘konlar, motoroller, skuter va shu kabi boshqa asosiy vositalarni sotib olish uchun 5 yil muddatga bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan garovsiz va foizsiz qarz ajratiladi. Bu esa kambag‘al aholining sharoitini yaxshilash, hunar yoinki ish o‘rganib, daromad manbayiga ega bo‘lishi, ta’lim olib, kelajagi uchun poydevorni mustahkamlashi uchun ham muhim.

A.Safarova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxondaryo rivojida ilmiy yondashuv va samarali boshqaruvga e’tibor kuchaytiriladi

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining yigirma oltinchi sessiyasi bo‘lib...

Har bir tomchi suv — hosil va samaradorlik garovi

Muzrabot tumanida qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan oqilona foydalanish va...

Bayramga munosib tuhfa

Jarqo‘rg‘on tumanidagi Navro‘z mahallasida obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari keng...

Tantanalar etadi davom

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Uzun...
KunTun
KunTun