Agrotexnik tadbirlar bilan tanishildi

Date:

Mamlakatimizda aholi turmush tarzini yaxshilash maqsadida yer resurslaridan unumli foydalanish, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ko’paytirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor tumanida bo‘lib, qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda agrotexnik tadbirlarga haydov traktorlarini tayyorlash tadbirlari bilan tanishdi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-936-sonli Qonuniga asosan yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish samaradorligini oshirish yuzasidan bajarilayotgan tadbirlarga e’tibor qaratdi.Mutasaddilarning axborotlari tinglanib, bahorgi mavsumga texnikalarni tayyorlashda fermer xo‘jaliklariga ko‘mak ko‘rsatish, o‘g‘itlar jamg‘arish, yoqilg‘i-moylash materiallari zaxirasini yaratish vazifalari belgilab berildi.

D.Mahmudova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Termiz tongi badantarbiya bilan boshlandi

Termiz shahrida aholi o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish va sog‘lom...

Ishlar jadallashdi

Oltinsoy tumanidagi “Shirin-ijyu” fermer xo‘jaligi dalalarida paxta hosilini yig‘ib-terib...

“Elobod”da yangi qurilish materiallari korxonalari barpo etilmoqda

Qumqo‘rg‘on tumanining “Elobod” mahallasida yangi sanoat loyihalari amalga oshirilmoqda....

Yo‘l bo‘ylariga chiqindi qutilari o‘rnatilmoqda

Davlat ahamiyatidagi D-167 avtomobil yo‘lining Bandixon tumaniga kirish qismidan...
KunTun
KunTun