Jizzaxliklar san’atimizdan bahramand bo‘ldi

Date:

Odamlar zamonaviylikdan, oldi-qochdi musiqalar, ha-deganda takrorlanadigan naqarotlardan zada bo‘lgan. Agar bunday kuy-qo‘shiqlarni odamlar san’at deyidigan bo‘lsa, ma’naviy saviyamiz ham haminqadar bo‘lib qolibdi-ku, degan xayolga borishimiz aniq.
Jizzax viloyatida “Surxondaryo madaniyati kunlari” doirasida Qumqo‘rg‘on tuman madaniyat bo‘limi ijodiy-badiiy jamoasi ijodiy safarda bo‘lib, haqiqiy san’at qanday bo‘lishini ko‘rsata oldilar. Milliy kuy-qo‘shiqlarimiz, xalq og‘zaki ijodi namunalari barchani raqsga chorladi.
Konsert dasturida xonandalar, xalq jamoalari, raqqosa qizlar guruhi tomonidan Surxondaryo madaniyati, milliy urf-odat va an’analarni tarannum etuvchi xalqimizning boy madaniy qadriyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan xalq og‘zaki ijod namunalari harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolariga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Oʻquvchilarga quvonch ulashildi

​Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi bayrami arafasida yurtimiz boʻylab...

Finalchilar kutib olindi

Termiz shahrida sport ixlosmandlari uchun muhim musobaqalardan biri —...

Kitob bilan ulg‘aygan oila

Surxondaryoda oilaviy kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan “Biz — kitobxon...

Muhim kelishuvga erishildi

Xalqaro forum doirasida erishilgan kelishuvlarni amaliyotga tatbiq etish maqsadida...
KunTun
KunTun