Farovonlik sari…

Date:

Ishsizlikka barham berish, kambag‘allikdan chiqishning yo‘llari bisyor. Buning uchun rejali ishlarni amalga oshirib, rahbarlar, mas’ullar va aholi birgalikda, hamjihatlikda ishlashlari lozim. Ana shundagina odamlar ishsizlikdan nolishga vaqtlari bo‘lmay, o‘z ishlaridan zavq olib faoliyat yuritishadi. Yangidan yangi loyiha va g‘oyalar ustida bosh qotirishadi. Foyda kelsa, ilhomlanib, ishingizni yanada rivojlantirishni o‘ylashingiz rost-da, axir.
Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash, turmush farovonligini oshirish borasida “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi amalga oshirilmoqda. Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov “Tinchlik” yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasida Termiz shahri va Termiz tumani, “Angor letoksi” MCHJning bog‘dorchilikni tashkil etish maydonida Angor, Muzrabot, Sherobod, Boysun va Qiziriq tumanlari, “Surxon parmalash” MCHJ binosida Qumqo‘rg‘on, Jarqo‘rg‘on, Bandixon va Sho‘rchi tumanlari hamda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti majlislar zalida Denov, Sariosiyo, Uzun va Oltinsoy tumanlari hokimlari, Markaziy va tijorat banklari, tashkilot va boshqarmalar rahbarlari ishtirokida bajarilgan ishlar hamda kelgusidagi vazifalarni muhokama qildi.
Hududlar va sohalar rahbarlari kambag‘allikni qisqartirish, bandlik, migratsiyadan qaytganlar bilan ishlash, 4 ta tajriba asosida yo‘lga qo‘yilayotgan loyihalar, 2025-yilga mo‘ljallangan rejalar yuzasidan axborot berdi. Viloyat rahbari yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni ko‘rsatib o‘tib, mutasaddilarga tegishli vazifalarni belgilab berdi. Shuningdek, yoshlar va tadbirkorlik zonasida amalga oshirilayotgan ishlar, bog‘dorchilikni tashkil etish loyihasi, “Petromaruz” va “Surxon parmalash” MCHJlarning faoliyati, kelgusidagi rejalari taqdimoti bilan ham tanishildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun