Yangi lazer nuri kashf qilindi

Date:

Xalqaro olimlar guruhi dunyodagi birinchi doimiy ishlaydigan yarim o‘tkazgichli lazerni kashf qildi. Tadqiqotchilar kremniy-germaniy-qalay va germaniy-qalay qotishmasidan iborat lazerni namoyish etgan va u avvalgi yuqori energiya sarfini talab qiladigan germaniy-qalay lazerlardan farqli o‘laroq yangi qurilma faqat 5 milliamper oqim va 2 volt kuchlanishda ishlashini isbotlab berishgan. Bu oddiy LED nurning energiya iste’moliga teng degani.
Maxsus halqa shaklidagi tuzilma tufayli lazer minimal quvvat iste’mol qiladi va deyarli issiqlik chiqarmaydi. Bu esa uning 90 kelvin (−183,15°C) haroratgacha barqaror ishlashini ta’minlaydi. U tranzistorlarda ishlatiladigan odatiy kremniy substratlari ustida shakllantirilgan va IV guruh elementlari asosida ishlaydigan birinchi lazer sifatida qayd etilgan.
Ushbu ish kremniy fotonikasini qo‘llagan holda yangi elektron qurilmalar yaratish yo‘lini ochadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Termiz tongi badantarbiya bilan boshlandi

Termiz shahrida aholi o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish va sog‘lom...

Ishlar jadallashdi

Oltinsoy tumanidagi “Shirin-ijyu” fermer xo‘jaligi dalalarida paxta hosilini yig‘ib-terib...

“Elobod”da yangi qurilish materiallari korxonalari barpo etilmoqda

Qumqo‘rg‘on tumanining “Elobod” mahallasida yangi sanoat loyihalari amalga oshirilmoqda....

Yo‘l bo‘ylariga chiqindi qutilari o‘rnatilmoqda

Davlat ahamiyatidagi D-167 avtomobil yo‘lining Bandixon tumaniga kirish qismidan...
KunTun
KunTun