Qish-qirovli kunlar boshlanib, bozorlarda ham narx-navo ancha qimmatlashdi. Bu yog‘iga yangi yil eshik qoqmoqda. Bayramga tayyorgarlik ham sarf-xarajatni, bozor-o‘char qilishni talab etadi. Ayni ayyom arafasida bozorlarda arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari tashkil etilgani aholi joniga ora kirdi deyish mumkin.
Xuddi shunday arzonlashtirilgan savo yarmarkasi Denov tumanidagi “Denov baraka yashil olami” savdo majmuasida ham tashkil etilgan. Yangi yil shukuhi hukmron bozorda narx-navo ancha arzon, sifatli oziq-ovqat mahsulotlari, meva-sabzavotlar badastir qilingan. Xullas, odamlar izlagan nimaiki bo‘lsa, barini arzonlashtirlgan qiymatda topish mumkin. Bundan odamlar mamnun holda bozar-o‘char qilish taraddudiga tushib ketishayotir.
Tuman hokimi Ilhom Abrorov ham mazkur yarmarkada bo‘lib, unda oziq-ovqat mahsulotlarining narxi asossiz oshirilmaslik to‘g‘risida tegishli mas’ullarga ko‘rsatmalar bergani esa tuman ahlini o‘ylab qilingan g‘amxo‘rlikning namunasidir deyish mumkin.
Aholi arzonchilikdan mamnun
Date:

