Hamkorlik samara bermoqda

Date:

Bugungi kunda maktablar bilan birga oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida samarali va tizimli hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan. Bu, albatta, ta’lim tizimida o‘ziga xos burilish deyish mumkin. Endigina padagogik bilimlarini amaliyotga joriy etayotgan talabalar tajribali o‘qituvchilar darslarida ishtirok etib, o‘zlari ham ayni jarayonlarga tayyorlanayotgan bo‘lishsa, yoshlarning oliy ta’limga qamrovini oshirish maqsadida o‘quvchilarning xorijiy tillarni o‘rganishiga ham alohida e’tibor qaratilayotir. Maktablarda bu boradagi holatga qiziqqan Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarga tashrifi davomida Jarqo‘rg‘on tumanida bo‘lib, tumandagi 2-sonli kasb-hunar maktabida kasbga tayyorlash muassasalarida dual ta’lim tizimini yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qildi. Biriktirilgan oliygohlar bilan hamkorlikda dual ta’lim tizimini samarali yo‘lga qo‘yish, ish beruvchilarning talablari asosida o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlash, xorijiy tillarni o‘qitish sifatini oshirish vazifalari belgilab olindi.


Shuningdek, viloyat rahbari mazkur ta’lim maskanida yaratilgan sharoitlar, ta’lim jarayonlari hamda hududdagi issiqxonada mahsulot yetishtirishni ko‘zdan kechirdi. Favqulodda vaziyatlar sinflari o‘quvchilari o‘zlarining ko‘rgazmali chiqishlarini namoyish etdi. Shundan so‘ng, tumandagi “Yangi O‘zbekiston” massivida “Vorkaut” maydonchasi tashkil etish, “Maxsus oilaviy bolalar uyi” va “Nogironligi bo‘lgan bolalar uchun oilaviy bolalar uyi”ning qurilishi ko‘zdan kechirildi. Viloyat rahbari hududda tashkil etilgan Kunduzgi parvarishlash xizmati guruhida bolalar uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirib, tarbiyalanuvchilar uchun kitoblar jamlanmalarini topshirdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun