Qahramon Quranboyev Denovda

Date:

O‘zbekiston mahallalar uyushmasining raisi Qahramon Quranboyev ayni paytda Surxondaryo viloyatida bo‘lib turibdi. Raisga O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i Saydulla Abduraimov hamrohlik qildi. Mahallalar uyushmasining raisi tumandagi “mahalla yettiligi” faoliyatini o‘rgandi. Xususan, Zahiriddin Muhammad Bobour, “Quyoshli yurt” mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat yuritayotgan “mahalla yettiligi” bilan suhbatlashdi.
Suhbat davomida aholidan tushayotgan muammolar va ularning yechimlariga tezkorlik bilan chora-tadbirlar belgilashda olib borayotgan ishlari yuzasidan ma’lumotlari tinglandi. Shuningdek, “mahalla yettiligi”ga aholi bilan ishlashda samarali natijaga erishish uchun yana qanday ko‘mak berilishi borasida takliflari tinglandi.
So‘ng Qahramon Quranboyev “Quyoshli yurt” mahallasida bo‘lib, “Yashil makon” umummilliy loyihasi bo‘yicha tumanda olib borilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi. Unda Muhiddin Ochilov, Oybek Sattorov hamda G‘ulom Karimov xonadonlarida bo‘lib, gulchilik, ziravorchilik va limon yetishtirishning mahalliy parvarish qilinishi xususida xonadon sohiblari bilan suhbatlashdi.
Mazkur mahallada “Yashil mahalla” nom ostida har bir xonadonda daraxt va gul ko‘chatlari yetishtirilmoqda. Ayni vaqtda gul yetishtiruvchi xonadonlarda bahorgi gul ko‘chatlar tayyorlanib nihol holatiga keltirilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Unutilmas toʻy boʻldi

Qiziriq tumanida ezgu va insonparvarlikka yo‘g‘rilgan muhim tadbir tashkil...

Abdul Vahhob “Premier League” chempioni

Xitoyning Leshan shahrida karate bo‘yicha o‘tkazilayotgan nufuzli “Premier League”...

Yangi koʻprik ishga tushdi

Hududlarda infratuzilmani yaxshilash va aholiga qulay sharoit yaratish bugungi...

Shaffof va tizimli

O‘zbekistonda xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalarni tan olishning yangi...
KunTun
KunTun