Madaniy ufqlar sari yo‘l

Date:

Til – bu jismoniy muloqot vositasi, balki yangi imkoniyatlar eshigini ochuvchi vositadir. Bugungi globallashuv bir yoki bir nechta chet tilini o‘rganishni talab etadi. Albatta, bu foydadan holi emas. Til o‘rganish miyani faollashtirish va uni ko‘p qirrali ishlatishga yordam beradi. Yangi tilni o‘rganish asosida xotira kuchayadi, so‘z boyligi va muammo hal qilish salohiyati oshadi. Asosisi, kreativlik rivojlanadi.
Chet tillarini bilish ko‘plab kasbiy sohalarda muvaffaqiyatga yo‘l ochiladi degani. Eng muhimi, ko‘p tillilik mehnat bozorida qo‘shimcha afzallik beradi. Shuningdek, xalqaro kompaniyalarda ishlash yoki bir vaqtning o‘zida bir nechta tashkilotlarda faoliyat yuritish imkoniyatini tug‘diradi.
Eng asosiysi, til bilish — madaniy ufqlar sari yo‘l ochadi. Ya’ni til bilan birga o‘sh til, millatning madaniyatni-da o‘rganish mumkin. Bu esa o‘zga madaniyatlar va urf-odatlarga nisbatan hurmat hissini paydo qiladi. Til bilsangiz dunyo eshiklari siz uchun ochiq. Istagan davlatingizga sayohat qilib, sayohat gashtini sursangiz, uyda o‘tirib ham xorijiy tildagi kitoblar mutolaasiga berilib, xorij filmlarini o‘z tilida tomosha qilib, zavqlanishingiz mumkin.
Shunday ekan, til o‘rganishni o‘z oldingizga maqsad qiling, o‘zingiz uchun yangi imkoniyatlar eshigini oching.

Nigora TUROPOVA,
o‘qituvchi

Husniddin ERGASHEV,
talaba

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“X1” sinovdan o‘tdi

Elektr aviatsiyasi rivojida navbatdagi muhim qadam tashlandi. AQSHning Heart...

Qumqo‘rg‘onda ekoturizm rivojlantiriladi

Xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarning turizm salohiyatidan samarali...

“Tasmasoy” finalga yo‘l oldi

Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning sport va...

Bog‘cha yangi qiyofada

Yosh avlod uchun munosib ta’lim-tarbiya va qulay sharoitlar yaratish...
KunTun
KunTun