Bugungi kunda plastik kartalar moliyaviy hayotimizda juda muhim o‘rin egallaydi. Onlayn to‘lovlar va xaridlar orqali vaqtni tejash imkonini beradi. lekin shu bilan birga, o‘z-o‘zidan xavf-xatarlarni ham keltirib chiqaradi. Kartalar orqali o‘g‘riliklar, firibgarliklar va boshqa xavflar har qanday kishi uchun muammo bo‘lishi mumkin. Shuning uchun, plastik kartadan foydalanishda ehtiyotkorlik va xavfsizlik choralari haqida ma’lumotga ega bo‘lish juda muhimdir. Birinchi navbatda, karta ma’lumotlarini yashiring. Karta raqamingiz va telefon raqamingizga keladigan sms kodni hech kimga oshkor qilmang. Bu ma’lumotlar sizning kartangizdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanishga imkon beradi. Odatda, banklar o‘z mijozlarini ushbu ma’lumotlarni himoya qilishda ehtiyotkor bo‘lishga chaqiradilar. Karta ma’lumotlaringizni onlayn platformalarda saqlamaslikka harakat qiling, chunki bu sizning kartangizni o‘g‘rilash xavfini oshiradi.
Onlayn xaridlar uchun alohida karta ochish tavsiya etiladi. Bu orqali asosiy hisobingizni himoya qilish va shaxsiy ma’lumotlaringizni xavfsiz saqlashingiz mumkin. Firibgarliklarni oldini olish uchun, hech kimga shaxsiy ma’lumotlaringizni oshkor qilmaslikka harakat qiling. Agar kimdir sizdan shaxsiy ma’lumotlarni so‘rasa, avval bu so‘rovning qonuniyligini tekshirib ko‘ring. Ko‘chmas mulk va har qanday moliyaviy harakatlarni oson aniqlash uchun hisobingizni muntazam ravishda tekshirib turish juda muhimdir. Xabarnomalar o‘rnating, har bir xarid yoki hisobingizdagi o‘zgarishlar haqida xabarnoma oling. Bankingizda xabarnoma xizmatini yoqib qo‘yish orqali har bir operatsiyangizni nazorat qilishingiz mumkin.
Agar kartangiz yo‘qolsa yoki o‘g‘irlangan bo‘lsa, darhol bank bilan bog‘laning va kartani blokirovka qiling. Bunday vaziyatlarda tezkor harakat qilish, pulingizni himoya qilish imkoniyatini oshiradi. Yangi karta so‘rang, o‘g‘irlangan kartani almashtirish uchun bankingizdan yangi karta talab qiling. Bu, sizning hisobingizni himoya qilishga yordam beradi va o‘g‘irlangan kartadan foydalanishni to‘xtatadi.
Yuqorida keltirilgan tavsiyalarni hisobga olib, o‘z kartangizni himoya qilish va pulingizni o‘g‘irlanmasligini ta’minlash imkoniyatini oshirasiz. Xavfsizlik choralarini ko‘rish, moliyaviy hayotingizda tinchlik va ishonchni saqlashga yordam beradi.
Shohjahon ZOIROV,
Toshkent davlat yuridik universiteti talabasi