O‘qituvchilar malakasi oshiriladi

Date:

Tilni o‘z egalaridan o‘rganish yaxshi natija beradi. Ayni jihatlarni inobatga olgan holda ta’lim tizimida xorijdan til mutaxassislari jalb etilib, maktablarda ingliz tili darslarini o‘ta boshlashgan edi. Amaliyot ijobiy natija berdi, shu sabab viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan joriy yilning noyabr-mart oylari davomida viloyatning shahar va tumanlarida xorijiy tillar bo‘yicha o‘qituvchilarga amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatish, ularning bilim va ko‘nikmalarini oshirish yuzasidan seminar-treninglar o‘tkazilishi va ushbu seminarlarga trener sifatida viloyatimizdagi maktablarda faoliyat olib borayotgan “til egalari” — xorijiy mutaxassislar jalb etilishi rejalashtirilgan.
Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi vakillari ushbu xorijiy mutaxassislar bilan uchrashdi va seminarlarni tashkil etish yuzasidan qator masalalar muhokama qilindi. Xususan, tashkiliy masalalar, seminarning asosiy maqsadi hamda kutilayotgan natija haqida o‘zaro fikr almashildi va kelgusidagi istiqbolli vazifalar belgilandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mehr va mehnat uyg‘unlashgan maskan

Nogironligi bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning mustaqil hayotga tayyorlanishi va...

Mehrimohdan ishonchli g‘alaba

Yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash va sportga keng jalb etish o‘z...

Ilmiy meros yana boyidi

Ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganish va keng jamoatchilikka yetkazish...

Muhofazasi kuchaytirilmoqda

Tabiatni asrash va biologik xilma-xillikni saqlab qolish bugungi kunning...
KunTun
KunTun