“Alpomish” qaytdi

Date:

Sport — sog‘lom turmush garovidir. Qolaversa, yoshlarning vaqtini mazmunli o‘tkazish bilan birga, ularni dunyo arenalariga olib chiqishga, g‘alaba nashidasini surishlariga-da xizmat qiladi. Dunyoda O‘zbekiston atalmish davlatning nufuzini sportchi yoshlarimiz yanada oshirayotgani ayni haqiqat. Xalqaro olimpiada, jahon chempionatlarida ishtirok etayotgan sportchilarimiz bugun yurtimiz bayrog‘ini eng yuqorilarga ko‘tarib, madhiyamizning baralla yangrashiga sabab bo‘lishayotir.
Vohamizda sportsevar yosh borki, ularning barini Termiz shahrida joylashgan “Alpomish” kurash majmuasida uchratasiz. Har kuni tong yorishgundan to kechga qadar o‘g‘il-qizlar sport mashg‘ulotlari bilan band. Qizg‘in tayyorgarlik jarayonini-da kuzatish zavqli. Guruh-guruh yoshlar katta maydon bo‘ylab kim o‘zarga yuguradi, tanasini qizdirib olish uchun turli mashqlarni bajarayotgan bo‘ladi. Uzoq yillardan buyon xalq xizmatida bo‘lib kelayotgan ushbu sport majmuasi anchayin eskirib, ta’mirtalab ahvolga kelib qolgan edi. Shunga qaramay, yoshlarimiz sevimli maskanlaridan uzoqlashgani, sport mashg‘ulotlarini to‘xtatgani yo‘q.
Ammo sport sohasiga qaratilgan e’tibor, yoshlarga munosib shart-sharoit yaratish maqsadida “Alpomish” kurash majmuasi qayta ta’mirlanib, rekonstruksiya qilinadigan bo‘ldi. Kurash majmuasi rekonstruksiyasi uchun 26 milliard so‘m mablag‘ ajratilib, loyiha doirasida qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.
Majmua yakkakurash sport turlariga ixtisoslashgan bo‘lib, yoshlarimizning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Ayni qulayliklardan yoshlar mamnun holda yana sevimli sport majmualariga qaytishgan. Jismonan chiniqib, tayyorgarlik olib borishmoqda. Yaratilgan shart-sharoitlarga javoban marrani katta olishgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

BEPUL DORI-DARMON VA TIBBIY XIZMAT SIFATI NAZORATDA

Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va ehtiyojmand fuqarolarni bepul...

PEDAGOGLAR FARZANDLARIGA KONTRAKT UCHUN 30 FOIZ CHEGIRMA

Pedagoglarning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishini kuchaytirish maqsadida ularning farzandlari uchun oliy...

ZO‘RAVONLIK UCHUN JAVOBGARLIK KUCHAYTIRILDI

Voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ta’lim muhitida...

Hayot uchun joy ajrating!

Termiz shahridagi “Amudaryo” oromgohi va “Guliston” MFY hududida “World...
KunTun
KunTun