Kuz-qishga tayyorlansak…

Date:

Kuz-qish mavsumiga munosib tayyorgarlik ko‘rsak, farzandlarimiz maktabda issiqqina sinfxonalarda o‘tiradi, o‘zimiz yashaydigan ko‘p qavatli xonadonlarning qozonxonasidan olov o‘chmay, uylarimizga issiqlik yuguradi. Bu, albatta, tegishli tashkilot va idoralarning o‘z ishlariga mas’uliyat bilan qarashlariga bog‘liq. Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Boysun tumanida bo‘lib, “Yangi O‘zbekiston” massividagi qurilish-ta’mirlash ishlarining borishini ko‘zdan kechirib, viloyatda dasturlar hamda qurilish va kommunikatsiya sohasida belgilangan vazifalarning ijrosi yuzasidan mutasaddilar ishtirokida muhokama o‘tkazildi.
Unda ijtimoiy soha obyektlarini 2024-2025-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorlash, 58 ta maktabda olib borilayotgan qurilish ishlari holati, investitsiya dasturidagi obyektlarni foydalanishga topshirish, “Tashabbusli byudjet” loyihasining 1- va 2-mavsumi ijrosi, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, aholini ko‘mir bilan ta’minlash, markaziy qozonxonalarni mavsumga tayyorlash, BSKlar faoliyati hamda boshqa masalalar yuzasidan mas’ullar axborot berdi.
Viloyat rahbari mutasaddilarning axborotlarini tinglab, o‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni ko‘rsatib o‘tdi hamda qurilish va kommunal sohada ishlarni tizimli amalga oshirish hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik tadbirlarini belgilangan muddatlarda yakunlash vazifalarini belgilab berdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

BEPUL DORI-DARMON VA TIBBIY XIZMAT SIFATI NAZORATDA

Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va ehtiyojmand fuqarolarni bepul...

PEDAGOGLAR FARZANDLARIGA KONTRAKT UCHUN 30 FOIZ CHEGIRMA

Pedagoglarning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishini kuchaytirish maqsadida ularning farzandlari uchun oliy...

ZO‘RAVONLIK UCHUN JAVOBGARLIK KUCHAYTIRILDI

Voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ta’lim muhitida...

Hayot uchun joy ajrating!

Termiz shahridagi “Amudaryo” oromgohi va “Guliston” MFY hududida “World...
KunTun
KunTun