Deputatlikka nomzodlar ro‘yxatga olindi

Date:

Surxondaryo viloyati hududiy saylov komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi. Komissiya raisi Z.Alimardonova boshqarib borgan yig‘ilishda Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatligiga siyosiy partiyalardan ko‘rsatilgan nomzodlarni ro‘yxatga olish hamda saylov kampaniyasi davrida siyosiy partiyalar va deputatlikka nomzodlarning saylovoldi tashviqoti to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi.Ta’kidlanganidek, Xalq deputatlari viloyat Kengashidagi 50 ta saylov okrugiga beshta siyosiy partiyaning har biridan bir nafardan, jami 250 nafar nomzod to‘g‘risidagi arizalar “e-saylov” tizimi orqali komissiyaga yuborildi. Nomzodlarning 42 foizi xotin-qizlardir. Yig‘ilishda partiyalar tomonidan ko‘rsatilgan ushbu nomzodlarni xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatligiga nomzod sifatida ro‘yxatga olish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Ro‘yxatga olingan nomzodlar haqidagi ma’lumotlar rasmiy veb-sayt va mahalliy matbuotda e’lon qilinadi. Shuningdek, yig‘ilishda Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati saylovida ishtirok etuvchi siyosiy partiyalar va deputatlikka nomzodlarning saylovoldi tashviqoti joriy yilning 22-sentyabridan boshlanishi hamda mazkur jarayon saylov kuni va ovoz berishga bir kun qolganida to‘xtatilishi ma’lum qilindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Zamonaviy va qulay…

Yosh avlodga zamonaviy ta’lim sharoitlarini yaratish mamlakat ijtimoiy siyosatining...

Cho‘ng‘ara va Tosh-Tobo Qirg‘iziston tarkibiga o‘tkazildi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida davlat chegarasini demarkatsiya qilish jarayoni...

Toqchida tibbiy punkt ish boshladi

Aholiga sifatli va tezkor tibbiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilash bugungi...

Hudud yanada ko‘rkam

Jarqo‘rg‘on tumanida temir yo‘l atrofidagi hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish...
KunTun
KunTun