Prezidentimiz tomonidan “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonun (ORQ-931-son, 05.06.2024 yil) imzolandi. Ushbu Qonun davlat organlariga va mahalliy davlat hokimiyati organlariga, davlat muassasalariga, davlat unitar korxonalariga, davlat maqsadli jamg‘armalariga, shuningdek, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz miqorda va undan ortiq bolgan aksiyadorlik jamiyatlariga nisbatan tatbiq etiladi.
Qonunda davlat organi yoki boshqa tashkilotning xodimi, manfaatlar to‘qnashuvi, manfaatlar to‘qnashuvining tartibga solish bo‘yicha maxsus bo‘linma, shaxsiy manfaatdorlik, yaqin qarindoshlar kabi asosiy tushunchalar kiritildi. Mazkur qonun asosida davlat organi yoki boshqa tashkilot xodimining yaqin qarindoshlari, davlat organining yoki boshqa tashkilot xodimi va (yoki) uning yaqin qarindoshlari qaysi yuqori yuridik shaxsning ustav fondi (ustav kapitali) aksiyalariga yoki ulushlariga egalik qilsa, o‘sha yuridik shaxs davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimi yoxud uning yaqin qarindoshlari qaysi yuridik shaxsda boshqaruv organining rahbari yoki a’zosi bo‘lsa osha yuridik shaxs davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimiga aloqador shaxslar deb e’tirof etiladi.
Qonunga ko‘ra Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish sohgasidagi maxsus vakolatli organidir. Davlat organi yoki boshqa tashkilot xodimi tomonidan qonun talablariga rioya etilishi ustidan nazorat ushbu davlat organida yoki boshqa tashkilotda tuzilgan odob-axloq komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat organlarining yoki boshqa tashkilotlarning odob-axloq komissiyasi aniqlangan manfaatlar toqnashuvi hollarda mavjud manfaatlar tonashuvi oizga ma’lum bo‘lib qolgan paytdan e’tiboran 1 ish kuni ichida mavjud manfaatlar tonashuvi haqidagi belgilangan shakldagi xabarnomasi to‘ldirilishi va o‘zining bevosita rahbariga (tashkilot rahbariga – yuqori turuvchi rahbarga) yoki maxsus bo‘linmaga taqdim etishi shart: agar yaqin qarindoshlari bevosita xodimning bo‘ysunuvidagi ishga qabul qilingan bo‘lsa hollarda (davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining siyosiy guruhiga kiruvchi lavozimga ishga qabul qilingan hollar bundan mustasno) yoki xodimning ishiga fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida oziga aloqador shaxslar jalb etilgan bo‘lsa; u o‘ziga aloqador shaxslarga taalluqli masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilishda ishtirok etayotgan bo‘lsa, yaqin qarindoshi tekshiruv o‘tkazilayotgan obyektda (yuridik shaxs) tekshiruv yo‘nalishi bo‘yicha mas’ul mansabdor shaxs sifatida ishlayotgan bo‘lsa yoki mazkur tekshiruv obyekti (yuridik shaxs) unga aloqador shaxs bo‘lsa, boshqa har qanday mavjud manfaatlar to‘qnashuvi o‘ziga ma’lum bo‘lib qolsa, Qonunga ko‘ra, davlat organining yoki boshqa tashkilotning rahbar xodimi hamda maxsus bo‘linmaning rahbari manfaatlar toqnashuvini tartibga solish uchun mas’ul hisoblanadi. Davlat organlari yoki boshqa tashkilotlar tarkibiy bo‘linmasining rahbari manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish bo‘yicha o‘z vakolatlari doirasida ko‘rilgan choralar to‘g‘risida maxsus bo‘linmaga 1 ish kuni ichida axborot taqdim etishi shart. Maxsus bo‘linma ko‘rilgan chorlarining yetarliligi (to‘g‘riligi) to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish uchun axborotni 3 ish kuni ichida odob-axloq komissiyasiga taqdim etadi. Qonunga muvofiq, davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimi shaxsga doir ma’lumotlarni o‘zgargan taqdirda, ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyani to‘ldirilishi va har yili 15-yanvardan kechiktirmay maxsus bo‘linmaga taqdim etishi kerak. Davlat organiga yoki boshqa tashkilotga ishga qabul qilinganayotgan nomzod, shuningdek, boshqa ishga o‘tkazilgan xodim ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi belgilangan shakldagi deklaratsiyani to‘ldirishi va taqdim etishi kerak.
Davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimligiga nomzod ishga qabul qilinayotganda yoxud davlat organi yoki boshqa tashkilot xodimi boshqa ishga o‘tkazilayotganda, ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etganidan keyin maxsus bo‘linma yuqorida nazarda tutilgan ishlarni besh kunlik muddatda amalga oshiradi.
Jamshid Aliyev,
“Yuksalish” harakati Surxondaryo viloyati hududiy bolinmasi bosh mutaxassisi