Angorda amfiteatr qurilmoqda

Date:

San’at insonni ezgulikka, yaxshilikka chorlaydi. Shu sababdan ham yoshlar qalbini adabiyotga, san’atga oshno etishga harakat qilamiz. Ayni maqsadda angorliklar tumanda amfiteatr qurilishi istab, “Tashabbusli byudjet” loyihasiga ishtirok etgan edi. Buni qarangki, loyiha kerakli ovozni to‘plab, g‘olib bo‘ldi. Shundan so‘ng, tumandagi Markaziy istirohat bog‘ida “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida amfiteatr qurilishi boshlab yuborildi.
Angor tumani hokimi Qosim Mardonov barpo etilayotgan amfiteatr qurilishini shaxsan o‘z nazorati ostiga olgan. Ushbu loyihaning umumiy qiymati 1 272 623 ming so‘mni tashkil etadi. Qurilish ishlari pudratchi “Sherobod Buxoro yo‘llari” xususiy korxonasi tomonidan olib borilmoqda.
Qosim Mardonov mas’ullar bilan suhbat davomida loyihani amalga oshirishdagi ishlarni sifatli tashkil etish bo‘yicha o‘zining taklif va tavsiyalarini berdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bolajonlar “Kitobxon kids”da bellashdi

Kitobxonlik yosh tanlamaydi — u barcha uchun birdek foydali...

“TalabaExpo–2026” — kasb tanlashda muhim maydon

Yoshlarni to‘g‘ri kasb tanlashga yo‘naltirish, ularning kelajak rejalari va...

Qamrovi oshmoqda

Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish, bolalarni erta yoshdan sifatli ta’lim...

Kikbokschilarimiz muvaffaqiyat qozondi

Yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning jismoniy tayyorgarligi va...
KunTun
KunTun