Olis O‘shor qishlog‘ida ko‘chma kutubxona tashkil etildi

Date:

Kitob yosh-u keksaning doimiy hamrohi bo‘lar ekan, ma’naviyatimiz yuksalib, hech qanday tashqi ta’sirlar, ommaviy madaniyat-u kuchlar bizga daxl qila olmaydi. Sababi, bilimimiz, alq-u salohiyatimiz, ma’naviyatimiz eng kuchli quroldir. Shunday ekan, kitob o‘qishni, kutubxonalarda vaqt o‘tkazishni kanda qilmasligimiz kerak. Mutolaa majburiyat emas, sevimli jarayonga aylanishi lozim.
Denov tumanining viloyat markazidan qariyb 200 kilometr uzoqlikda joylashgan tog‘li O‘shor qishlog‘i aholisiga kutubxona xizmatini ko‘rsatish maqsadida 97-umumta’lim maktabida ko‘chma kutubxona tashkil etildi. Tuman axborot-kutubxona markazi hamda 97-umumta’lim maktabi hamkorligida tashkil etilgan ko‘chma kutubxonaga eng sara o‘zbek, jahon va bolalar adabiyotlari yetkazib berildi. Kitobxonlarning talab va istaklariga ko‘ra adabiyotlar har oy yangilanib, soni ham oshirib boriladigan bo‘ldi.
O‘quvchilar hamda o‘shorliklarning quvonchi cheksiz. Ushbu kutubxona ularning sevimli maskaniga aylanishiga esa shubha yo‘q.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun