QOZOG‘ISTONDAN MEDAL BILAN…

Date:

Mehnat va izlanish, albatta, o‘zining ijobiy natijasini beradi. Buni sport sohasi misolida ko‘radigan bo‘lsak, sidqidilgan shug‘ullangan sportchi g‘alabaga erishishi shubhasiz. Mas’uliyatsizlik, e’tiborsizlik bo‘ldimi, bu ham maydonda seziladi. To‘g‘ri, ba’zilarga mag‘lubiyat ham saboq bo‘lishi, oldinga intilishi uchun turtki bo‘lishi ham mumkin. Axir, yengilgan kurashga to‘ymas deb bejizga aytishmaydi-ku.
Qozog‘iston Respublikasining Shimket shahrida boks bo‘yicha bo‘lib o‘tgan xalqaro turnir musobaqasi sportchilarimiz uchun mardi maydon vazifasini o‘tadi va o‘z kuchlarini sinashta qildilar. Albatta, raqiblar kuchli, chapdast va chaqqon edi. Musobaqada Jarqo‘rg‘on tuman sport maktabining yosh bokschilari ham bo‘sh kelishmadi. Vohadoshlarimiz Abbos Panjiyev (+80 kilogramm), Shahriyor Yo‘ldoshev (44 kilogramm) o‘z vazn toifalarida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Abduvali Amonturdiyev ham 75 kilogramm vaznda uchinchi bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mardlar maydonda

Milliy kurash — bu nafaqat sport, balki xalqimizning jasorati,...

Xalqaro sahnada milliy ruh

Milliy folklor — xalqning ruhi, tarixi va madaniy xotirasini...

Milliy an’analar tantanasi: eng yaxshilar e’tirof etildi

Xalq o‘yinlari va tomosha san’ati — milliy madaniyatning jonli...

Saralashda sarasi aniq

Maktabgacha ta’lim tizimi — jamiyat taraqqiyotining ilk va eng...
KunTun
KunTun