Necha sotixgacha bo‘lgan yerlarga mulk va ijara huquqi rasmiylashtirib beriladi?

Date:

Yakka tartibdagi uy-joy qurilgan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi quyidagi o‘lchamlarda e’tirof etiladi:

  • Agar yer uchastkasi 1998-yil 1-iyulga qadar egallangan bo‘lsa, — barcha hududlarda 24 sotixdan ko‘p bo‘lmagan o‘lchamda;
  •  agar yer uchastkasi 1998-yil 1-iyuldan 2018-yil 1-mayga qadar egallangan bo‘lsa, — Toshkent, Nukus shaharlarida va viloyat markazlarida 6 sotixdan, qolgan hududlarda 12 sotixdan ko‘p bo‘lmagan o‘lchamda  ijara huquqi e’tirof etiladi.

Shuni ham alohida e’tiborga olishingizni so‘rardikki, Qonun 2024-yilning  8-noyabridan kuchga kiradi.

Hurmatli yurtdoshlar! Sizga jarayonlarni tezlashtirish, yerlarni qo‘shib olish va boshqa qonunchilikdan tashqari bo‘lgan yo‘nalishlarni taklif qiluvchi  firibgarlarga aldanib qolmang. Qonunga ko‘ra, Yer uchastkasiga hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish chog‘ida davlat nazorati, shu jumladan, ushbu Qonunda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish jarayonida yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish hollarini barvaqt aniqlashga hamda ularning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar – Prokuratura va  ichki ishlar organlari, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Kadastr agentligining hududiy bo‘linmalari, Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Davlat nazoratini amalga oshirishda Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlardan foydalaniladi.

Yer uchastkalaridagi binolar 2018-yilgacha qurilganligi qanday aniqlanadi?

Kadastr Agentligining Davlat kadastrlari palatasi tomonidan xatlov o‘tkazilib, axborot tizimiga yuklangan obyektlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi tomonidan — yer uchastkasi egallab olingan hamda binolar va inshootlar qurilgan davrning ushbu Qonunda nazarda tutilgan muddatlarga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi to‘g‘risidagi berilgan xulosaga asosan aniqlanadi.

  • Men 2017-yildan buyon yashab foydalanib kelayotgan 0,08 gektar yer maydoni va unda qurilgan uy-joyimga nisbatan soliq to‘lovlarini uzluksiz to‘lab kelaman, eshitishim bo‘yicha yaqinda chiqqan yangi Qonun asosida kadastr xujjatlarimni rasmiylashtirib olishim uchun yer maydonimni qanchasini qonuniylashtirib olsam bo‘ladi?
  • Siz yashab kelayotgan uy-joyingiz hamda yer uchastkangizga nisbatan (soliq to‘lovlaridan qarzdorliklar mavjud bo‘lmasa, nizolar, boshqa birovga ajratilmagan va auksionda sotilgan bo‘lmasa, bundan tashqari muhofaza hududlarda joylashmagan va hokozo talablariga javob bersa, 2018-yil 1 mayga qadar uy-joy qurish orqali o‘zboshimcha egallangan yer uchastkasiga hamda unda qurilgan obyektlarga nisbatan 1998-yil 1-iyulga qadar egallangan bo‘lsa, yer uchastkasi uchun – barcha hududlarda 0,24 gektardan ko‘p bo‘lmagan o‘lchamda, bundan tashqari, 1998-yil 1-iyuldan 2018-yil 1-mayga qadar egallangan yer uchastkasi uchun – Toshkent, Nukus shaharlarida va viloyat markazlarida 0,06 gektardan, qolgan hududlarda 0,12 gektardan ko‘p bo‘lmagan o‘lchamda e’tirof  etilishi belgilangan.

Mamlakatimizda so‘nggi yillarda Yangi O‘zbekiston — inson sha’ni va qadr-qimmati, huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlari oliy qadriyat hisoblangan davlat bo‘lishi, xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qilishi, “Odamlar tashvishi bilan yashashi”, aholi qonuniy talab-istaklarini ro‘yobga chiqarish davlat organlari faoliyatini baholashning muhim mezoniga aylanishi kabi ezgu g‘oyalar asosida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Aholiga, eng avvalo, qishloq joylarida munosib uy-joy sharoitlarini yaratish, ularning mulk huquqlarining ishonchli himoyasini ta’minlashga oid keng ko‘lamli islohotlar ro‘yobga chiqarilayotgani yurtimizda “Inson qadri uchun”, “Davlat—inson uchun” degan hayotiy tashabbuslarning amalda izchil tatbiq etilayotgani natijasidir, desak aslo yanglishmaymiz. Binobarin, yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda har kim uy-joyli bo‘lish huquqiga egaligi, davlat uy-joy qurilishini rag‘batlantirishi va uy-joyga bo‘lgan huquqning amalga oshirilishi uchun shart-sharoitlar yaratilishi alohida e’tibor berilmoqda. Shunga ko‘ra, O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining 05.08.2024-yildagi “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e`tirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ-937-sonli Qonuni qabul qilingan, ushbu Qonunga asosan Yakka tartibdagi uy-joy qurilgan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi quyidagi o‘lchamlarda e’tirof etilishi belgilangan.

Jumladan, 1998-yil 1-iyulga qadar egallangan yer uchastkasi uchun – barcha hududlarda 0,24 gektardan ko‘p bo‘lmagan o‘lchamda, 1998-yil 1-iyuldan 2018-yil 1-mayga qadar egallangan yer uchastkasi uchun – Toshkent, Nukus shaharlarida va viloyat markazlarida 0,06 gektardan, qolgan hududlarda 0,12 gektardan ko‘p bo‘lmagan o‘lchamda etirof etilishi belgilangan.

USHBU QONUN QUYIDAGILARGA TATBIQ ETILADI:

  • 2018-yil 1-mayga qadar uy-joy qurish orqali o‘zboshimcha egallangan yer uchastkasiga hamda unda qurilgan obyektlarga;
  • hujjatlarda ko‘rsatilganidan 2018 yil 1 mayga qadar ortiqcha egallagan yer uchastkasiga hamda unda qurilgan obyektlarga;
  • oldingi aksiya doirasida huquqlar e’tirof etilishi yakuniga yetmagan ko‘chmas mulk obyektlariga;
  • 2021-yil 8-iyunga qadar ajratilgan, biroq yer ajratish qarori tasdiqlanmagan

yer uchastkasiga;

  • fuqarolarning bog‘dorchilik va uzumchilik shirkatlari hududidagi turar joylariga hamda ular egallagan yer uchastkasiga;
  • 2020-yil 9-martga qadar kichik sanoat zonalari hududiga joylashtirilgan yashash uchun mo‘ljallanmagan binolar joylashgan yer uchastkasiga;
  • xususiylashtirilgan binolar va inshootlar egallagan yer uchastkasiga.

HUQUQLAR E’TIROF ETILISHINING ASOSIY SHARTLARI:

Yer uchastkasi boshqa shaxsga ajratilmagan yoki auksionga chiqarilmagan bo‘lishi;

Yer uchastkasidan foydalanishda nizo mavjud emasligi;

Yer va mol-mulk solig‘i bo‘yicha qarzdorlik mavjud emasligi;

Muhofaza etiladigan hududlarda joylashmagan bo‘lishi;

Har bir kategoriyaga xos boshqa shartlar (investitsiya majburiyati bajarilganligi, shirkat a’zosi hisoblanishi va boshqalar)

Binolar va inshootlar, shu jumladan yakka tartibdagi uy-joylar qurish orqali o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasi sug‘oriladigan yerlarda joylashgan taqdirda, huquqlarni e’tirof etish masalasi yer fondining toifasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq o‘zgartirilganidan keyin ko‘rib chiqiladi hamda yer uchastkalari boshqa ma’muriy-hududiy birlik tarkibidan Toshkent, Nukus shaharlari yoki viloyat markazlari hududi tarkibiga o‘tkazilgan hollarda, yer uchastkalariga bo‘lgan ijara huquqi ular avval joylashgan ma’muriy-hududiy birlikdagi ijara huquqini e’tirof etish shartlariga muvofiq amalga oshiriladi.

HUQUQLARNI E`TIROF ETISH TARTIBI

• Kadastr agentligi elektron axborot tizimini yaratib, unga barcha yerlar bo‘yicha tegishli ma’lumotlarni kiritadi;

• vakolatli organlar (hokimlik, qurilish, ekologiya, soliq, “O‘zbekkosmos” agentligi va boshqalar) ma’lumotlarni ko‘rib chiqib, zarur ma’lumotlarni tizimga kiritadi;

• to‘plangan barcha hujjatlarning to‘liqligi va qonuniyligi tizim orqali hududiy adliya boshqarmalari tomonidan o‘rganib chiqiladi va xulosa beriladi;

• ijobiy xulosa berilgan fuqarolarga SMS xabarnoma yuboriladi (bunda fuqarolar ariza berishi talab etilmaydi);

• huquqlarni e’tirof etish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengashi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari qaroriga asosan amalga oshiriladi.

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarni bosqichma-bosqich inventarizatsiya qilish har yilgi reja-jadval asosida amalga oshiriladi va Reja-jadval Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining taklifiga ko‘ra, Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlanadi va jamoatchilikka e’lon qilinadi.

HUQUQLARNI ETIROF ETISH JARAYONLARI

• huquqlarni e’tirof etish jarayonidagi ma’lumotlar rasmiy axborot manbaalarida e’lon qilib boriladi;

• xalq deputatlari tuman kengashi qarori bilan har bir mahallada jamoatchilik guruhlari tashkil etiladi;

• jamoatchilik guruhiga mahallalarda joylashgan okrugdan saylangan tuman kengashi deputati, mahalla raisi, har 100 nafar oiladan kamida 1 nafardan fuqarolar kiritiladi;

• Prokuratura, ichki ishlar, qishloq xo‘jaligi, ekologiya, kadastr va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari huquqlarni e’tirof etish chog‘idagi davlat nazoratini amalga oshiradi;

 • Huquqlar e’tirof etilmagan taqdirda, o‘zboshimcha egallangan yer uchastkalarini qaytarish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi;

• Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi hamda 2028-yil 1-yanvarga qadar amal qiladi.

MA`LUMOTLAR VA ZARUR HUJJATLARNI AVTOMATLASHTIRILGAN AXBOROT TIZIMIGA KIRITISH IKKI BOSQICHDAN IBORAT BO‘LIB,

Birinchi bosqichda Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi hududiy bo‘linmalari tomonidan bosqichda vakolatli tomonidan ikki oy muddatda ko‘rib chiqiladi hamda ushbu Qonunning 14-moddasi uchinchi qismida nazarda tutilgan tegishli avtomatlashtirilgan axborot tizimiga Shu o‘rinda eslatma, ushbu Qonun 2018-yil 1-mayga qadar uy-joy qurish orqali o‘zboshimcha egallangan yer uchastkasiga hamda unda qurilgan ob’ektlarga nisbatan tadbiq etiladi.

Muhim eslatma! Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlaridan yer va suv resurslaridan oqilona hamda maqsadli foydalanish, uni asrab avaylash, kelajak avlod uchun bus-butun saqlash, yer qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘ymasliklarini yana bir bor eslatib o‘tmoqchimiz. Zero, qoununga ko‘ra yer qonun buzilish holatlariga yo‘l qo‘ygan jismoniy va yuridik shaxslar ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortilishi qat’iy belgilab qo‘yilgan.

Kadastr sohasi bo‘yicha aholidan kelib tushgan savollarga

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i

Shaxobiddin Suvonov javob berdi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xalqaro kuzatuvchilar gazeta tahririyatida

Sanoqli kunlardan so‘ng, yurtimizda muhim siyosiy jarayonlar boshlanadi. Tayyorgarlik,...

Faqat Ko‘hitangda bor…

Ko‘hitang tog‘ tizmasi hududi O‘zbekiston Respublikasi va Turkmaniston Respublikasining...

Sho‘rchida xrizantema yetishtirilmoqda

Bayram yoki tug‘ilgan kunimizda gul sovg‘a qilishsa, bahri dilimiz...

“Qo‘qon–Termiz–Qo‘qon” yo‘nalishi bo‘yicha…

Qaysidir viloyat yoki davlatga borishimizga to‘g‘ri kelsa, manzilga eng...
KunTun
KunTun