Xitoy bilan sanoat loyihalari amalga oshiriladi

Date:

Surxondaryo viloyati hokimligida Ulug‘bek Qosimov Xitoy Xalq Respublikasining “Hebei Tongye Metallurgical Science and Technology Co., Ltd.” kompaniyasi bosh direktori Jang Shuyeting boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuvda Surxondaryoda mazkur kompaniyaning O‘rta Osiyodagi shtabini hamda mahsulotini yig‘ish korxonasini tashkil etish, uzoq muddatli foyda keltiradigan katta bozor va hamkorlikda ishlaydigan sanoat korxonalari bilan tanishish masalalari muhokama qilindi, shuningdek, mavjud imtiyoz va preferensiyalar haqida axborot berildi.
Xitoyning mazkur kompaniyasi muhandislik plastmassalari, mashina va mashinalarni kuchli himoya qiladigan mahsulotlar ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanadi hamda dunyoning 10 ga yaqin davlatlari bilan hamkorlik qiladi. Uchrashuvda tomonlar sanoat loyihalarini amalga oshirishda o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatishdan manfaatdor ekanliklarini qayd etishdi.
Uchrashuv yakunida mavjud imkoniyat va sharoitlar bilan tanishib, ishlab chiqilgan loyihalarni takomillashtirish hamda amalga oshirishning texnik va iqtisodiy tomonlarini ishlab chiqishga kelishib oldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun