“Bobotog‘ yoshlari festivali” o‘tkazildi

Date:

Yoshlarning har daqiqasi foydali va munosib o‘tishi kerak. Oltinga teng vaqtni to‘g‘ri sarflasakkina, kelajak avlod taqdiri uchun muhim qadam tashlagan bo‘lamiz. Ko‘ngil yozadigan, madaniy xordiq chiqaradigan onda ham vaqt behuda ketmasligi lozim. Shu maqsadda yoshlar o‘rtasida vatanparvarlikni targ‘ib qilish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish hamda madaniy xordiq olishlarini tashkil etish maqsadida Uzun tumanida “Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik!” shiori ostida “Bobotog‘ yoshlari festivali” tashkil etildi.
Festival doirasida yoshlar o‘rtasida turli sport va milliy o‘yinlar musobaqalari, madaniy-ma’naviy tadbirlar o‘tkazildi, shuningdek, estradamiz yulduzlari hamda vohamizning taniqli san’atkorlari ishtirokida galakonsert dasturi namoyish etildi. Xususan, estrada xonandasi Sevinch Ismoilovaning chiqishlari bobotog‘lik yoshlarga bayramona kayfiyat ulashdi. Galakonsert dasturida festival doirasida o‘tkazilgan sport musobaqalari, tanlov va o‘yinlar g‘oliblariga sovg‘alar tantanali topshirishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maktablarda sun’iy intellekt va startap xonalari tashkil etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘nalishidagi islohotlar...

Jasorat unutilmaydi

Ikkinchi jahon urushi davrida o‘zbekistonlik askar Boqijon Akramovning hayotini...

Muammoli kreditlar nazoratda

Surxondaryo viloyatida muammoli kreditlarni undirish va moliyaviy intizomni mustahkamlashga...

“Boysun bahori”da milliy o‘yinlar jo‘sh urmoqda

Bugun Boysun bahori xalqaro folklor festivalining ikkinchi kuni bo‘lib,...
KunTun
KunTun