Kambag‘allikni qisqartirish umummilliy harakatga aylandi

Date:

Kambag‘allik ishsizlik, bekorchilikdan, birinchi qadamni tashlashga cho‘chishdan kelib chiqadi. Mana shunday hollarda birgina turtki va qo‘llab-quvvatlov sabab oila oyoqqa turadi. Yurtimizda oilalarni kambag‘allikdan chiqarish maqsadida ana shunday turtki berilmoqda.
Viloyat hokimi Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Qorayontoq” mahallasida berilgan topshiriqlar ijrosi hamda kambag‘allikni qisqartirish maqsadida hududda tanlab olingan 25 ta og‘ir turmush sharoitidagi oilalarga biriktirilgan mutasaddilar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.
Xususan, yangi uy-joylar qurish va mavjudlarini ta’mirlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishilib, kambag‘al oilalarning birini iqtisodiy imkoniyatlarini yaxshilash maqsadida motoroller va tikuvchilik dastgohi topshirildi.
Prezidentimiz huzurida kuni-kecha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlarga asosan kambag‘allikni qisqartirish umummilliy harakatga aylangani ta’kidlanib, mas’ullarga viloyat bo‘yicha biriktirilgan har bir oilani kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun