Afg‘on ayollari O‘zbekistonda o‘qitiladi

Date:

Dunyoda gender tenglik haqida bong urmoqdamiz. Gap ta’lim olish haqida ketganda nega endi ayollar, xotin-qizlar xat-savod chiqarmasligi, o‘z qiziqishlaridan kelib chiqib, ma’lum mutaxassislik bo‘yicha o‘qimasliklari, bu haqida o‘z fikrlarini ochiq-oydin ayta olmasliklari kerak. Bu jaholat, ma’naviyatsizlik emasmi? Afg‘on ayollari ham ayni huquqlaridan foydalangan holda O‘zbekistondagi tibbiyot oliygohlarida o‘qitilishi mumkin.
Doha shahrida O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Qatarning «Ta’lim har narsadan ustun» («Education Above All») fondi o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda afg‘on ayollarini O‘zbekistonda tibbiyot sohasida o‘qitishni tashkil etishni nazarda tutuvchi memorandum imzolangan.
Qayd etilishicha, mazkur kelishuv doirasida 160 nafar afg‘on ayolini O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida tibbiyot yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qitish rejalashtirilmoqda. «O‘quv dasturlari O‘zbekistondagi tajribali tibbiyot mutaxassislari tomonidan olib borilib, ayollarning kasbiy ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qilish bilan birga ularning o‘z vatanidagi tibbiyot sohasiga qo‘shayotgan hissasini kuchaytirishga ham katta ta’sir ko‘rsatadi», – deyiladi xabarda.
Loyihaga doir xarajatlarning katta qismini, jumladan, afg‘on ayollarini o‘qitish, turar joy bilan ta’minlash va boshqa zarur xarajatlar uchun 2,2 million dollar miqdoridagi moliyaviy yordamni Qatar tomoni o‘z zimmasiga olgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sifat muhim

Surxondaryo viloyatida turizm sohasini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar ijrosi muhokama...

Yaralar tez va xavfsiz bitadi

O‘zbekiston FA Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti olimlari xalqaro...

Kitobxonlik klublari tashkil etiladi

Prezident qaroriga muvofiq, kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan yangi tashabbuslar...

Faol kitobxonlar mukofotlanadi

2026-yil 15-yanvarda qabul qilingan Prezidentning PQ–9-son qaroriga muvofiq, 2026–2030-yillarda...
KunTun
KunTun