Yangi oliygoh ish boshladi

Date:

O‘zbekiston mustaqil, demokratik davlat sifatida o‘z dunyoviy va diniy qarashlariga ega. Bu yurtda yashayotgan har bir fuqaro amaldagi qonunlarga ko‘ra, o‘zi istagan dinga e’tiqod qilishga haqli. Ammo mustaqillikkacha bo‘lgan davrda diniy e’tiqodimiz tahqirlanib, urf-odatlarimiz oyoqosti qilindi. Tarixdan ma’lumki, sobiq ittifoq davrida yurtimizda masjid va madrasalar deyarli yo‘q edi. Dahriyona siyosat yuritilishi natijasida aholi dindan uzoqlashib, o‘z yaratuvchini esdan chiqardi. Diniy adabiyotlarning yo‘qligi, taqiqlar natijasida asli tiynati musulmon bo‘lgan xalq deyarli diniy jihatdan savodsiz bo‘lib qoldi. Masjidlar, diniy bilim yurtlari haqida-ku, gapirmasa ham bo‘ladi.
Keksa kishilarning aytishiga qaraganda, sobiq ittifoq davrida viloyat bo‘yicha jami 2 ta — Termiz shahri va Denov tumani markazida masjid bo‘lgan ekan. Yaratganga shukrlar bo‘lsinki, bugungi kunda barcha fuqarolar emin-erkin ilm o‘rganishlari, ibodat qilishlari uchun masjid va madrasalar, oliy ta’lim dargohlari faoliyat ko‘rsatmoqda.
Prezidentimizning 2019-yil 17-18-oktyabr kunlari Surxondaryo viloyatiga tashriflari davomida bergan topshiriqlari bo‘yicha Termiz shahrida 2020-2021-o‘quv yilida Imom Termiziy nomli o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi ochilgan edi. Ushbu ta’lim muassasasining ustoz va talabalari o‘tgan shu qisqa davrda o‘zlariga bildirilgan ishonchni to‘laqonli oqlashdi. Joriy yilda ta’lim muassasasini muvaffaqiyatli bitirgan ilk qaldirg‘ochlar oliy ta’lim dargohlarida tahsilni davom ettirishmoqda.
Joriy yangi o‘quv yili Surxondaryo xalqi uchun rostmana bayramona tuhfa bo‘ldi, desak xato bo‘lmaydi. 2024-2025 o‘quv yilidan boshlab, Imom Termiziy nomidagi Islom institutining ochilganligi voha ahli uchun quvonchli hamda tarixiy voqea bo‘ldi.
Institutning ochilish marosimida O‘zbekiston Musulmonlari idorasi Ta’lim va ilmiy-tadqiqot bo‘limi mudiri S. Sherxonov, O‘zbekiston Musulmonlar idorasi Surxondaryo viloyat vakili A. Sayfitdinov, viloyat hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bo‘yicha o‘rinbosari A. Abdurahmanov, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori M. Joniyev, Imom Termiziy o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi direktori hamda Imom Termiziy nomidagi Islom instituti rektori K. Islomovlar so‘zga chiqib, ushbu ta’lim dargohining ahamiyati va kelgusi rejalar haqida fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Xolmuhammad TOG‘AYMURODOV

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Raqiblarin ortda qoldirib…

Ayni kunlarda “Yosh kitobxon” tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tmoqda....

Yangi qo‘mita tashkil etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Umummilliy totuvlik va xorijdagi vatandoshlar bilan...

Arab tili bo‘yicha imtiyoz bekor qilindi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus islom...

66-maktabning sport zali xizmatga shay

Denov tumanidagi ushbu maktabning sport zali yangidan qurilib, foydalanishga...
KunTun
KunTun