Ijara to‘lovining bir qismi qoplanadi

Date:

Farzandimiz oliy o‘quv yurtining talabasi bo‘lgan bo‘lsa, quvonch-u hayajonimiz cheksiz. O‘quv yilining boshlanishi arafasida esa ana shu quvonch o‘rnini qizim yo o‘g‘lim qayerda yashaydi, musofirlikda qanday o‘qishdi degan tashvish egallab oladi. Qolaversa, bir tomonda ularning shartnoma pulini to‘lash masalasi tursa, ikkinchi tomondan esa turar joy ijarasi uchun oyma-oy to‘lovni amalga oshirish chiqimlari ham bor. Bitta farzandimiz talaba bo‘lsa-ku, ha-xo‘p, ammo ikki nafari o‘qisachi, chiqimi ham ikki baravar degani.
Qonunchilikka ko‘ra, yotoqxona bilan qamrab olinmagan va o‘ziga yoki ota-onasi (qonuniy vakillari)ga tegishli bo‘lmagan uyda ijara huquqi asosida yashaydigan davlat OTMlari talabalarining oylik ijara to‘lovi bir qismini qoplab berish belgilangani ayni chiqimlarimizga yengillik beradi. Bunda talabgorlarga oylik ijara to‘lovining bir qismi ijara shartnomasining summasidan qat’iy nazar, Toshkent shahrida — BHMning bir baravari (340 ming so‘m), qolgan hududlarda — BHMning yarim baravari (170 ming so‘m) miqdorda to‘lanadi.
Bitta turar joyda ikki va undan ortiq talaba ijara huquqi asosida yashagan holatlarda, ularning barchasi ijara shartnomasida qayd etilgan bo‘lishlari shart. Ariza berish uchun talaba belgilangan shakldagi anketa-arizani ikki nusxada to‘ldirib, ijara shartnomasi nusxasi bilan o‘zi ta’lim olayotgan fakultetning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari yoki OTMining talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi bo‘limiga topshirishi lozim.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Boysun osmonida 35 xil rang

“Boysun bahori” turizm markazida xalqaro folklor festivali tadbirlari ko‘tarinki...

Qadriyatlar sadosi yangrar

Boysun tumanining "Bibishirin" mahallasida joylashgan “Boysun bahori” turizm majmuasida...

“Boysun bahori” — madaniyatlar chorrahasi

Surxondaryo viloyatida milliy madaniyat va boy folklor merosini keng...

Sho‘rchining “o‘sish nuqta”lari o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-dekabrdagi PF–243 Farmoniga muvofiq, Sho‘rchi...
KunTun
KunTun