Qoraqalpog‘istonda “Termiziylar kutubxonasi” ochildi

Date:

Prezidentimiz tashabbusi bilan Qoraqalpog‘istonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Surxondaryo viloyatiga biriktirilgan hududda aholi turmush farovonligini yuksaltirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ijtimoiy soha obyektlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish ishlari olib borilayotir.
Bu kabi xayrli ishlarning navbatdagisi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumanidagi Yoshlar markazida yangi ochilgan “Termiziylar kutubxonasi” bo‘ldi. Mazkur kutubxona Xalq deputatlari Denov tumani Kengashi deputati, tadbirkor Islom Xudoyberdiyev tashabbusi bilan tashkil etildi. Tadbirkor tomonidan yangi ochilgan kutubxonaga 3 mingdan ziyod tarixiy, siyosiy va badiiy kitoblar sovg‘a qilindi.
Kutubxonaning ochilish marosimida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid, Qo‘ng‘irot tumani hokimi Bekzod Madaminov hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Millat Shavkati” — tarixiy xotira va milliy o‘zlik haqida

Kitob — millatning tarixiy xotirasi, ma’naviy tajribasi va bugungi...

Obod mahalla sari ezgu tashabbus

Mahalla obodligi, avvalo, shu hududda yashayotgan aholining daxldorligi va...

Muammoga manzilli yondashuv

Mahallalarda aholi uchun munosib turmush sharoitini yaratish, bandlikni ta’minlash...

Yong‘in xavfsizligi — muhim talab

Qurilish jarayonida xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish inson hayoti...
KunTun
KunTun