Ona tiliga ehtirom — milliy o‘zlik ifodasi

Date:

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Surxondaryo viloyati Kengashi hamda Termiz davlat universiteti tashabbusi bilan Termiz shahridagi harbiy qismlardan birida “Millat ona tili bilan tirikdir” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Unda ona tilining millat tarixi, milliy o‘zlik va madaniyatni saqlashdagi o‘rni, o‘zbek tilining boy imkoniyatlari hamda uni asrab-avaylashning ahamiyati haqida so‘z yuritildi. Ona tiliga hurmat xalqning o‘z tarixi, qadriyatlari va ma’naviy merosiga bo‘lgan ehtiromi bilan chambarchas bog‘liqligi ta’kidlandi.

Shuningdek, harbiy xizmatchilar qalbida ona tiliga hurmat, milliy qadriyatlarga sadoqat va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi. Tadbir yoshlarni milliy merosga hurmat ruhida tarbiyalash, ona tilining jamiyat hayotidagi ahamiyatini yanada chuqurroq anglashga xizmat qildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Narkotik savdosining noqonuniy kanali fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan...

Sifatsiz tovar va xizmatlar: huquqiy yechim qayerda?

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali majlislar zalida «Yuksalish»...

Imkoniyatlar va muammolar o‘rganildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov «Angor karvonsaroy» savdo kompleksida...

Bir bayroq — bir xalq, bir maqsad

Termiz tumani hokimligi tadbirlar maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i...
KunTun
KunTun