Denovda 150 ta ish o‘rni yaratiladi

Date:

Denov tumanida xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini rivojlantirish, tadbirkorlik uchun yangi imkoniyatlar yaratish va aholi uchun qulay muhitni shakllantirishga qaratilgan loyiha amalga oshirilmoqda. “Bog‘inav” mahallasidagi Mustaqillik ko‘chasi hamda “Said Otaliq” madrasasigacha bo‘lgan yo‘l bo‘ylab zamonaviy, 24/7 rejimida faoliyat yuritadigan ko‘cha xizmat ko‘rsatish hududini tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Loyiha uchun 9,8 milliard so‘m budjet mablag‘i yo‘naltirilmoqda. Ushbu mablag‘lar hisobidan hududning elektr ta’minotini yaxshilash, yo‘l va muhandislik infratuzilmasini yangilash, obodonlashtirish hamda zamonaviy qulayliklarni yaratish ishlari bajariladi.

Jumladan, ikkita transformator punkti o‘rnatilib, 2 kilometr elektr tarmog‘i tortiladi. Shuningdek, 500 metr yo‘l asfaltlanadi, 1 kilometr lotok o‘rnatiladi, 2 kilometr salomatlik yo‘lagi barpo etiladi. Hududga 30 ta zamonaviy o‘rindiq o‘rnatish, 1 kilometr yoritish tizimini tashkil etish va 2 kilometr sug‘orish tarmog‘ini qurish ham rejalashtirilgan.

Mazkur infratuzilma ishlari hududda xizmat ko‘rsatish obyektlari faoliyatini rivojlantirish, yangi tadbirkorlik subyektlarini tashkil etish va aholi uchun yanada qulay muhit yaratishga zamin yaratadi. Loyiha doirasida 150 ta yangi ish o‘rni yaratish, 25 milliard so‘m qo‘shimcha daromad shakllantirish hamda budjetga 5,3 milliard so‘m qo‘shimcha tushum ta’minlash kutilmoqda.

Denov tumani hokimi Anvar Normamatov hududda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishib, loyihani belgilangan muddatlarda va sifatli yakunlash, qurilish hamda obodonlashtirish tadbirlarini o‘zaro muvofiqlashtirish va mas’ullarning vazifalarini o‘z vaqtida bajarishi yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Issiqxona va chorvachilik — mahallada daromadni oshirish imkoniyati

Muzrabot tumanidagi Yurtim jamoli mahallasida fuqaro Zoir Hayitaliyev issiqxona...

O‘zbekiston kubogidagi yorqin natija

An’anaviy karate-do bo‘yicha O‘zbekiston kubogida Sariosiyo tumani “Kelajak” markazi...

Xurmo eksporti: sifat va tashqi bozor talablari muhim

Oltinsoy tumani hokimi Otabek Mavlyanov eksportga tayyorlanayotgan xurmo mahsulotlarini...

Denovda 150 ta ish o‘rni yaratiladi

Denov tumanida xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini rivojlantirish, tadbirkorlik uchun yangi...
KunTun
KunTun