Yo‘llar ta’mirlanmoqda

Date:

Yurtimizga tashrif buyuradigan mehmonlar birinchi navbatda yo‘llarimizga e’tibor qaratadi. Yo‘llar ravon bo‘lsa, qulaylik sezadi. Keyin esa bozorlarimiz, aholining hayoti, turmush tarzi, madaniyatimiz, san’atimizga qiziqadi. Shunday ekan, yo‘llarimizga sozligiga, ravonligiga e’tibor qaratishimiz lozim. Sababi, yo‘llarning sifati vaqt o‘tishi bilan o‘zgaradi va ta’mirlashni, asfaltlashni talab etadi. Qolaversa, bunday ishlar aholi uchun ham katta qulaylik yaratishini ham hisobga oladigan bo‘lsa, bu masalaga jiddiy e’tibor qaratishni talab etadi. Shu sababdan ham, boshqa hududlar kabi Angor tumanidagi ko‘plab mahalla ko‘chalari ham obod qilinmoqda. Jumladan, bosqichma-bosqich mahallalarning ichki ko‘chalariga asfalt yotqizilmoqda.Ayni kunlarda ham tumanning “To‘lqin” mahallasida asfalt yotqizish ishlari davom etmoqda. Mahalladagi jami 7,3 kilometr ichki ko‘chalarni asfaltlash rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 3,3 kilometri Istiqlol ko‘chasiga to‘g‘ri keladi. Bugun ushbu yo‘lning 500 metrida asfaltlash ishlari olib borildi. Ushbu ishlar esa tuman hokimining nazorati ostida amalga oshirilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muammolarga yechim bor

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining yigirma birinchi sessiyasi bo‘lib...

Hech bir nihol nobud bo‘lmasin

Bugungi globallashuv jarayonida ekologik barqarorlikni ta’minlash nafaqat davlat siyosati...

Xavfsizlik — birinchi o‘rinda

Bugungi kunda yangi bino va inshootlar qurilishiga katta e’tibor...

Pulning “issig‘i” soviguncha…

Alibek (ism o‘zgartirilgan) bolaligidan erka o‘sdi — shunaqangi erkaki,...
KunTun
KunTun