100 qatnovga mo‘ljallangan

Date:

Mustaqillik ulug‘ ne’mat. Ushbu Sana munosabati bilan aholi uchun kutilmagan tuhfalar hozirlangan. Sana munosabati bilan qator bino va inshootlar qurilib, foydalanishga topshirilayotir. Boysun tumanida ham 3 ta mahalla fuqarolar yig‘ini aholisiga xizmat ko‘rsatuvchi oilaviy poliklinika qurib foydalanishga topshirildi.
Tumandagi “Bibishirin” mahallasida joylashgan  9-sonli oilaviy poliklinikasining zamonaviy 100 qatnovga mo‘ljallangan yangi binosi aholi uchun qurib foydalanishga topshirildi.
1996-yilda loyiha asosida Davlat byudjeti hisobidan Qishloq vrachlik punkti sifatida viloyatda birinchi bo‘lib qurilgan, 50 qatnovga mo‘ljallangan poliklinika moslashtirilgan binoga faoliyat olib borar edi. Aholi sonining ortishi, mutaxassislar bilan ta’minot yaxshilanganligi sababli ambulator qatnovlar salmog‘i kun sayin oshib, tibbiy xizmat ko‘rsatishda ayrim muammolar va ko‘plab murojaatlarga sabab bo‘ldi. Bugun yurtboshimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlar tufayli ushbu mahallada 2 qavatli yangi zamonaviy tibbiyot binosi qad ko‘tardi. Ushbu oilaviy poliklinika mamlakatimiz mustaqilligining 33 yillik bayramiga mahalla ahli uchun munosib tuhfa bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sohalar bosqichma-bosqich raqamlashtirilmoqda

Bugun tongni telefon signalisiz, yangiliklarni internetsiz, muloqotni ijtimoiy tarmoqlarsiz...

TERMIZGA YO‘L…

(Termiz sayyohlar nigohida) Ma’lumki, oxirgi yillarda yurtimizda ajdodlarimiz merosiga bo‘lgan...

 G‘olib bo‘lmagan loyihalar ham moliyalashtiriladi

2026-yil 1-yanvardan deputatlar har yili tashabbusli byudjet jarayonlarida tegishli...

Maktab qurilishi qanday ketmoqda?

Termiz shahridagi “Manguzar” mahallasida 2025-yilgi Investitsiya dasturi asosida 504...
KunTun
KunTun