“Men o‘qigan eng sevimli kitob”

Date:

Kitob o‘qish maroqli mashg‘ulot. Ayniqsa, biror asar sizga yoqib qolsa, uni qayta va qayta o‘qib, yangi-yangi ma’no uqasiz, yangi-yangi taassurotlar olasiz. Kitob o‘qimaydiganlar esa ana shunday maroqdan o‘zlarini mosuvo qilib kelishmoqda. Shu ma’noda, yoshlarni kitobxonlikka targ‘ib etish bosh maqsadimizga aylangan.
Shu maqsadda Angor tuman Ekologiya bo‘limi xodimlarining bilim ko‘nikmasini oshirish, kitobxonlik darajasini yanada yuksaltirish maqsadida tuman Axborot-kutubxona markazida “Men o‘qigan eng sevimli kitob” shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Angor tuman Ekologiya bo‘limi boshlig‘i Orif Sherdilov o‘zi o‘qigan badiiy kitoblar ichida eng sevimlisi atoqli adibimiz Shukur Xolmirzayevning “Burgut tog‘da ulg‘ayadi” asarining, yaralish tarixi, kitobxon sifatida asardan olgan taassurotlari hamda xulosalari haqida hikoya qilib berdi.
Shuningdek, Angor tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari, kitobxonlarga ekologik qonunlar, sohadagi yangiliklar bo‘yicha ma’lumotlar ham berildi. Samimiy ruhda o‘tgan davra suhbatining yakunida Axborot-Kutubxona markazi xazinasiga O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimovning tashabbusi chop etilgan “Qizil kitob”lar sovg‘a tariqasida topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Imtiyozlar imkoniyat yaratadi

Surxondaryo viloyatida Prezidentning kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi farmoni...

Narkotik savdosining oldi olindi

“Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasida o‘tkazilgan tezkor...

Nazorat kuchaytirildi

Surxondaryo viloyatida ekologiya va chegara qo‘shinlari hamkorligida o‘tkazilgan reyd...

O‘ziga ishonchi ortdi

Termiz shahridagi voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida tarbiyalanayotgan...
KunTun
KunTun