Temurbeklar maktabi bitiruvchilariga alohida kvota ajratiladi

Date:

Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishda Temurbeklar maktabi bitiruvchilari uchun alohida qo‘shimcha kvota ajratiladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning “2024/2025-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi farmoyishida keltirilgan.
Prezident farmoyishiga ko‘ra, endilikda davlat oliy ta’lim muassasalariga kirishda to‘plagan baliga nisbatan ma’lum miqdordagi qo‘shimcha ball beriladigan shakldagi imtiyozga ega abiturientlar 2024/2025-o‘quv yilida tanlagan ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha belgilangan o‘tish bali va undan yuqori ball to‘plagan taqdirda, to‘plagan baliga mos ravishda davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida qo‘shimcha kvota bilan talabalikka tavsiya etiladi.
Bu endilikda qo‘shimcha ball beriladigan imtiyozlar, eng asosiysi Temurbeklar maktabi bitiruvchilari agar o‘tish bali uchun yetarli ball to‘play olsa, unda ular uchun qo‘shimcha kvota ajratiladi degani. Bunda oldindan qo‘shimcha kvota soni ma’lum qilinmaydi, chunki necha nafar bitiruvchi o‘qishga kira olishi oldindan ma’lum bo‘lmaydi. Mandatdan keyin imtiyozlilarga nechta grant yoki nechta kontrakt ajratilishi aniq bo‘ladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun