Termiz hayvonot bog‘ida Nil timsohi olib kelinadi

Date:

“Ekologik huquqbuzarliklarni oldini olish, bunda ishlab chiqilgan chora-tadbirlar samarasi, viloyatdagi muhofaza etiladigan tabiiy hududlar faoliyati, hayvonot va nabotot olamini saqlab qolish, noyob turdagi hayvonlarni ko‘paytirish, Termiz Hayvonot bog‘ini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshiriliyatgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.
Media tadbirda ekologik huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi nazorat inspeksiyasi boshlig‘i Xusniddin Aralov, noyob turdagi hayvonlarni saqlab qolish bo‘yicha “Surxon” davlat qo‘riqxonasi direktori Rustam Turdiyev, Termiz Hayvonot bog‘ini oldingi darajasini tiklash, faoliyatini rivojlantirish mavzusi xususida Termiz Hayvonot bog‘i bosh zootexnigi Bahodir Jumayev, O‘simlik dunyosini ko‘paytirish, jumladan “Yashil makon” loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan viloyat Ekologiya boshqarmasi bosh mutaxassisi Muqim Normamatov OAV vakillari hamda ijtimoiy tarmoq faollariga hisobot berishdi.
Xususan, viloyat Ekologiya boshqarmasi nazorat inspeksiyasi, tarmoqlar bo‘yicha ekologik huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha joriy yilning 6 oyi davomida 2 mingga yaqin o‘tkazilgan reyd tadbirlari natijasida 1669 nafar qonunbuzarlarga 1 mlrd 777 million 225 ming so‘m ma’muriy jarima va 429 million 562 ming so‘m tabiatga yetkazilgan zarar hisoblanib, shundan 704 million 787 ming so‘m jarima, 205 million 276 ming so‘m tabiatga yetkazilgan zarar undirib olindi. Mansabdor shaxslarga nisbatan sohaga oid aniqlangan qonunbuzarliklar soni 152 tani tashkil etib shundan 326 million 060 ming so‘m miqdorda ma’muriy jarimalar belgilangan.


Sohaga oid aniqlangan qonunbuzarliklar soni samarali boshqaruv usuli hamda davlat inspektorlarining sa’y harakatlari bilan 2023-yilning shu davriga nisbatan 764 taga yoki 69 foizga kamaygan bo‘lsa, belgilangan jarima summasi esa 464 million so‘mga yoki 135 foizga ortgan. 115 ta holat 151 million 225 ming so‘m jarimalar majburiy tartibda undirib olish uchun Majburiy ijro byurosiga yuborilgan. 4 ta holat bo‘yicha, 1 milliard 424 million 612 ming so‘mlik da’volar yuzasidan qonunbuzarliklar sodir etgan shaxslarni jinoiy alomatlar mavjudligi sababli viloyat prokuraturasiga hujjatlar taqdim etilgan va prokuratura organlari bilan hamkorlikda 520 million 562 ming so‘m tabiatga yetkazilgan zararlar undirib olingan.
“Surxon” davlat qo‘riqxonasi xodimlari sa’y harakatlari bilan joriy yilda bir bosh morxo‘r bolasining hayoti saqlab qolinib, “Jayron” pitomnigiga yuborilgan. Shuningdek, Qo‘riqxonada O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”ga kiritilgan noyob turdagi morxo‘rning soni oldingi yillarga nisbatan sezilarli darajada oshib, hozirda 811 boshni tashkil etmoqda.
Termiz hayvonot bog‘ida noyob turdagi hayvonlarni ko‘paytirish maqsadida 4 bosh Nil timsohi olib kelinib, 1-avgust sanasidan tomoshabinlarga namoyish etiladi. Yaqinda Termiz Hayvonot bog‘ining bir guruh xodimlari xizmat safari bilan Rossiya Federatsiyasida bo‘lib, Moskva hayvonot bog‘i bilan hamkorlik memarandumi imzolandi. Bundan tashqari sohaga oid boshqa ma’lumotlar haqida batafsil gapirib berildi.
Tadbir davomida xalqimizni qiynab kelayotgan sohaga oid muammolli masalalar yuzasidan berilgan savollarga tegishlicha javoblar olindi.

T.Aliqulov

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tomoshadan zavq olib…

Bolalarning ilk yoshidan savodxonlik, ratsional ovqatlanish, shaxsiy gigiyena va...

Talablar belgilandi

Adliya vazirligi tomonidan SHNQ 2.07.06-23 «Shahar ko‘cha-yo‘llari. Piyoda mintaqalari...

Ochiq eshiklar kunida…

Albatta, bolajonlardan kelajakda kim bo‘lishlarini so‘rasangiz, kimdir harbiy, kimdir...

Munosiblar tavsiya etiladi

Imtiyoz so‘zi quloqqa xush yoqadi. Har birimiz qanday bo‘lmasin,...
KunTun
KunTun