Bitiruvchilar uchun platforma yaratildi

Date:

Oliy yoki kasb-hunar ma’lumotini olgan yoshlar hayotda o‘z o‘rnini topishni, bir ishning boshini tutib, sohada muvaffaqiyat qozonishni istaydi. Orzu va maqsadlarni ro‘yobga chiqarishda esa diplomning ahamiyati nihoyatda katta. Yurtimizda bitiruvchilar uchun platforma yaratilayotgani esa yoshlar uchun katta qulaylik tug‘diradi. Tizimda 2 millionga yaqin bitiruvchilarning diplom ma’lumotlari jamlangan. Unda bakalavr, magistr, litsey, texnikum, kasb-hunar maktabi va kollej diplom ma’lumotlarining haqiqiyligini tekshirishga xizmat qiladi.
Tizimga bitiruvchilarning diplom ma’lumotlari kiritiladi va tasdiqlanadi. Diplom ma’lumotlari mavjud bo‘lmaganda, bitiruvchilar yagona identifikatsiya tizimi – One ID orqali ro‘yxatdan o‘tib, ma’lumotlarni kiritadi. Oliygoh esa diplom ma’lumotlari to‘g‘riligini tasdiqlaydi. Shuningdek, platforma boshqa davlat idoralari axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan. Bunda ma’lumotlar avtomatik tarzda shakllanadi va diplom ma’lumotlarini kiritish talab etilmaydi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Instagramda yangi cheklov

Instagram 18 yoshgacha bo‘lgan foydalanuvchilar uchun “13+” maxsus cheklov...

Yer oila aʼzolari nomiga oʻtkaziladi

O‘zbekiston qonunchiligi yangi qadam tashlab, fermerlarga ijara asosidagi qishloq...

Kredit oqibati ogohlantiriladi

So‘nggi yillarda mamlakatda mikroqarz va iste’mol kreditlari bozori faollashmoqda....

Savodi sinovdan oʻtdi

Diktant yozish nafaqat yozuv madaniyatini rivojlantiradi, balki ona tiliga...
KunTun
KunTun