OITSni yengish mumkin, faqat…

Date:

Sayyoramiz bo‘yicha 40 million kishi OIV (odamning immunitet tanqisligi) yoki OITS (orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi) infektsiyasiga chalingan bo‘lib, ularning chorak qismi muolaja olish imkonidan mahrum. BMTning OIV/OITS bo‘yicha dasturi (UNAIDS) ekspertlari xavotirli hisobotlariga ko‘ra, dunyo davlatlari o‘limga olib boruvchi epidemiyaga qarshi kurash uchun yetarli mablag‘ ajratmayotir.
BMT 2030-yilga qadar OITSning tarqalishini to‘xtatishni maqsad qilgan. Ammo davo va muolaja uchun yetarli mablag‘ ajratilmayotgani sabab ushbu global marraga yetish savol ostida qolmoqda. BMT siyosiy yetakchilarni ushbu xastalikka qarshi kurash uchun mablag‘ni ayamaslikka chaqirayotir.
OITSga qarshi kurash uchun yetarli mablag‘ ajratilsa, 2050-yilga borib muolajaga muhtoj bemorlar 29 million kishini tashkil etadi. Aks holda, kasallar soni 46 million kishidan ortib ketadi. Har yili OIV infeksiyasiga chalinish bilan bog‘liq 1,3 millionta yangi holat ro‘yxatga olinadi. 2022-yilda ushbu xastalikdan 630 ming kishi vafot etgan. 2022-yilgi statistikaga ko‘ra, O‘zbekistonda 45 ming kishi OITSga chalingan. Ularning 55 foizi erkaklar, 45 foizi ayollar, 14 foizini esa 18 yoshga to‘lmaganlar tashkil etadi.
2023 yilda O‘zbekiston prezidenti «Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallikka qarshi kurashish tizimini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzolagan. Ushbu hujjatda BMT Bosh assambleyasi tomonidan OIV epidemiyasiga barham berish uchun olg‘a surilgan «95-95-95» strategiyasi doirasida bir qator vazifalar belgilangan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun