Tosh davriga qaytamiz… mi?

Date:

Kunlar isigandan isimoqda. Yozning chillasi boshqacha bo‘lishi mumkinmi deyishingiz aniq. To‘g‘ri, ammo bu qadar quyoshning faolligi insoniyat hayotida salbiy oqibalrni olib kelishi ham hech gap emas. Rossiya Fanlar akademiyasi Koinot tadqiqotlari institutining quyosh astronomiyasi laboratoriyasi rahbari Sergey Bogachev insoniyat barcha aloqalarni yo‘qotishi va tosh davriga tushishi uchun quyosh chaqnashi qanchalik kuchli bo‘lishi kerakligi haqida ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, joriy haftada butun dunyo bo‘ylab radio, aviatsiya va sun’iy yo‘ldosh aloqalarining 65 foiz uzilish ehtimoli mavjud. “Quyosh faolligini kuzatishning butun davri davomida insoniyat hech qachon Quyoshda odamlar hayotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan kuchli o‘zgarishlarni kuzatmagan”, deydi ekspert.
U hozirda kuzatilayotgan quyosh faolligi, garchi u ma’lum kommunikatsiya turlarining nosozligiga olib kelsa-da, ayanchli emasligini qo‘shimcha qilgan.
Mutaxassisga ko‘ra, ayanchli quyosh faolligining ko‘rinmasligi kelgusida bu sodir bo‘lmaydi degani emas. U meteorit faolligini misol tariqasida keltirgan. Ma’lumki, meteoritlar har kuni Yer atmosferasiga ma’lum miqdorda kiradi, ammo ularning deyarli barchasi sayyoramiz yuzasiga yetib kelmaydi. Biroq Tunguska meteoriti hamda Yer tarixida ulkan meteoritlarning qulashi tufayli sodir bo‘lgan boshqa global halokatlar mavjud.
Ekspertning ta’kidlashicha, bunday hodisalarni kuzatish tarixiga va mos ravishda tadqiqot natijalariga ega bo‘lmasdan turib, quyosh radiatsiyasining aloqada jiddiy uzilishlarga olib kelishi va insoniyatni sivilizatsiya afzalliklaridan mahrum etishi uchun qanday kuchda bo‘lishi kerakligini aniq aytishning iloji yo‘q.
«Aytish mumkin bo‘lgan yagona narsa shundaki, Quyosh hozir faollikning kuchayish bosqichida, bu yil oxirigacha davom etadi, ehtimol, keyingi faollikning bir qismini qoplaydi», deya xulosa qilgan Bogachev.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Talab va ehtiyoj qondiriladi

Dunyoda tabiiy oziq-ovqat mahsulotlariga talab va ehtiyoj ortib borayotganidan...

Endi «Halol» belgisi bilan…

O‘zbekistonda 2025-yilning 1-mayidan Islom mamlakatlari standartlari va metrologiya instituti...

“Parranda boqish – daromad topish”dir

Yurtimizda “Parranda boqish – daromad topish” loyihasi amalga oshiriladi....

Rasmiy saytlar gov.uz domeniga o‘tkaziladi

2025-yil 1-martdan barcha davlat organlari va tashkilotlari UzINFOCOM bilan...
KunTun
KunTun