Bolalarni emlash to‘xtab qoldi

Date:

Emlashning foydasini yaxshi bilamiz. Xavfli kasalliklarga emlangan farzandimizning sog‘ligidan ko‘nglimiz to‘q bo‘ladi. Ammo shunga qaramay dunyo miqyosida bolalarni emlash darajasi hali ham koronavirus pandemiyasigacha qayd etilgan darajaga yetmadi. Bu masala yuzasidan JSST va YUNISEF qo‘shma hisobotida xabar berildi. 2023-yilda bolalarni emlash bo‘yicha global qamrov to‘xtab qolgani sabab 2,7 millionga yaqin bola to‘liq emlanmagan. Bu 2019 yildagi [COVID-19] pandemiyadan oldingi darajaga nisbatan kam emlangan degani.
O‘tgan yili difteriya, qoqshol va ko‘k yo‘talga qarshi vaksinaning uch dozasini olgan bolalar soni 84 foizda (108 million kishi) to‘xtab qoldi. Afsuski, emlanmagan bolalarning yarmidan ko‘pi 31 ta sog‘liqni saqlash holati barqaror bo‘lmagan davlatda yashaydi. Mutaxassislar ana shunday tendensiyalar sog‘liqni saqlash xizmatlaridagi uzilishlar, logistika muammolari, emlashda ikkilanish va xizmatlardan foydalanishdagi nomutanosiblik bilan bog‘liq davom etayotgan muammolarni aks ettirishini ta’kidlashayotir. Natijada esa emlashning kamligi qizamiq epidemiyasiga olib kelmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi tartib joriy etilmoqda

O‘zbekistonda aholining ko‘p yillardan beri muammoga aylangan — o‘zboshimchalik...

Qumqo‘rg‘onda bayram shukuhi

Qumqo‘rg‘on tumanida Yangi yil bayrami oldidan tantanali tayyorgarlik ishlari...

615 nafar mahkum afv etildi

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan...

Kelajak shifokorlari qasamyod qildi

Surxondaryo san’at saroyida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot...
KunTun
KunTun