Uchrashuv motivatsiyaga boy bo‘ldi

Date:

Har doim muvaffaqiyatga erishgan, jamiyatda o‘z o‘rnini topgan yoshlar uka va singillari uchun munosib o‘rnak bo‘lib, kerakli motivatsiyani bera oladi. Ayni shu sababdan ham ba’zi yoshlarga ming nasihat, tavsiya bergan bilan ularni tengdoshlariga ro‘baro‘ qilsa, maqsadga yetish osonroq kechadi. Ayni aqidaga amal qilingan holda Sho‘rchi tumani sektor rahbarlari oliygoh talabalari va bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazishdi.


Uchrashuvda 15 nafar xorijdagi va 90 nafar maktab bitiruvchilari qatnashishdi. Suhbat jarayonida migratsiyadagi yoshlar chet eldagi oliy ta’lim bitiruvchilari bilan suhbatlashib, taqdiriga befarq bo‘lmasligi, o‘qishni tugatgach, yurtimizga qaytib, oilasiga, davlatimizga xizmat qilish kerakligi ta’kidlab o‘tdilar. Holbuki, Sho‘rchi tumanida ham ishlashi va tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yishi uchun barcha sharoitlar yaratilgani qo‘shimcha qilindi.


Uchrashuv davomida maktab bitiruvchilari Buyuk Britaniya, Yaponiya, Rossiya Federatsiyasi, Xitoy, Janubiy Koreya kabi dunyoning rivojlangan davlatlarida tahsil olayotgan sho‘rchilik yoshlar bilan yaqindan suhbat qurishdi va o‘zlari qiziqqan savollariga javob olishdi. Bu kabi uchrashuvlar xorijda bo‘ladimi, O‘zbekistonda, har bir yosh davlatimiz himoyasida ekanligini unutmasliklarini anglatadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

53 nafar fuqaro ishli boʻldi

Sho‘rchi tumanida “Murod shifo” xususiy tibbiy markazining ochilishi aholiga...

Yoshlarimiz sovrindor boʻldi

Toshkent viloyatining Angren shahrida o‘tkazilgan parayengil atletika bo‘yicha U-20...

Festival yakunlandi

Boysun tumanida o‘tkazilgan “Boysun bahori” xalqaro folklor festivalining tantanali...

“Xotira turniri” — jasorat va matonatni ulug‘ladi

Termiz shahrida “Burch, jasorat, matonat” shiori ostida Sariosiyo voqealaridagi...
KunTun
KunTun