“Kinokarvon” loyihasi tashkil etildi

Date:

Bo‘sh vaqt topdik deguncha, telefonimiz orqali internet tarmog‘iga ulanib, nimalarnidir tomosha qilamiz, o‘yin o‘ynashimiz, tanish-bilishlar bilan yozishishimiz, kerak-nokerak qisqa videolarni ko‘rishimiz ayni haqiqat. Kitob o‘qish, teatr yoki kinoga borish esa unutilib borayotir. Kinoga borishni unutgan insonlar uchun kinoteatrning o‘zi tomosha qilishingiz uchun kelsa, istaysizmi, yo‘qmi tomoshaga berilasiz.
Termiz tumani “Uchqizil” mahalla fuqoralar yig‘inida joylashgan “Marvarid” dam olish maskanida Termiz shahridagi mahalla fuqoralari ishtirokida “Kinokarvon” loyihasi tashkil etildi. Ushbu loyiha bahonasida “Vijdon” nomli o‘zbek filmi namoyish etildi. Maroqli tomoshadan so‘ng, bugungi kunda yoshlar tomonidan teledasturlar va ijtimoiy tarmoqlardan faqatgina ma’naviyatimizga to‘g‘ri keluvchi milliy kino va teatrlarni kuzatib borish tavsiya etildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun