Topshiriqlar ijrosi o‘rganildi

Date:

Berilgan topshiriq va vazifalar o‘z vaqtida bajarilsagina, jamiyatda o‘sish, odamlar kayfiyatida o‘zgarish, amalga oshirilayotgan islohotlardan mamnunlik qiyofasi mujassam bo‘ladi. Albatta, topshiriq berildi, bo‘ldi emas, uning ijrosi bilan ham qiziqilishi, mas’ullar mas’uliyatini oshirmoqda. Surxondaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Sherzod Radjabov boshchiligidagi mutasaddilar Qumqo‘rg‘on tumanida bo‘lib, viloyat hokimining tashriflarida berilgan topshiriqlar ijrosi, yangi loyihalarni amalga oshirish, mavjud korxonalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni o‘rgandi.
Dastlab, tuman hududidan o‘tuvchi M41-avtomagistral yo‘li bo‘yida joylashgan eski xiyobonni ta’mirlash, Yoshlar va turizm ko‘chalarini tashkil etish ishlarining borishi hamda “Sherzod sport klubi” faoliyati bilan tanishilib, sportchi yoshlar bilan suhbat qilindi. Shuningdek, “Mexanika” xususiy korxonasining temir mahsulotlarini eritish va qayta ishlash faoliyati va “Qumtex Invest” MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan, umumiy qiymati 73,5 million dollarlik to‘qimachilik loyihasining birinchi bosqichini ishga tushirishga tayyorlash jarayonlari bilan tanishildi. O‘rganish yakunida “Joziba mebel” xususiy korxonasining mebel ishlab chiqarish faoliyati ko‘zdan kechirildi.
Mutasaddilarga viloyat rahbari tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosini sifatli ta’minlash, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, korxonalar faoliyatini kengaytirish, ish o‘rinlari sonini oshirish vazifalari topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

 “Tabiat uchun g‘amxo‘rmiz”

Boysun tumanida atrof-muhitni asrash va ekologik madaniyatni yuksaltirish maqsadida...

Milliy dastur ishga tushiriladi

Mamlakatda infarkt va insultning oldini olishga qaratilgan “Infarkt va...

Mahkumlar masofali video-uchrashuvdan foydalanadi

Jinoyat-ijro kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, endi mahkum o‘z shaxsiy...

Eksport hajmi oshadi

Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va aholini yil davomida sabzavot mahsulotlari...
KunTun
KunTun